Munisa Rizayeva tanqidlarga keskin javob berdi (video)

Xonanda Munisa Rizayeva oxirgi chiqargan “Bevafo” nomli qo‘shig‘iga ishlangan klipi sabab raqqosa qizlar orasida norozilik yuzaga keldi. Ko‘plab foydalanuvchilar izohlarda klipda raqqosalar kamsitilgani haqida fikrlar qoldirishgan.
Shundan so‘ng xonanda klipdan ranjiganlarga murojaat qildi:
"Men klipim sababli ranjigan barcha qizlarga murojaat qilaman. Bu sahnada ba’zi insonlar o‘z kasbiga hurmatsizlikni ko‘rganidan afsusdaman. Lekin juda muhim bir narsa aytmoqchiman — bu hikoyaning asl ma’nosi bunday emas edi. Klipni boshidan oxirigacha diqqat bilan ko‘rsangiz, salbiy obraz raqqosa emas, balki uni aldab, xiyonat qilib tashlab ketgan inson ekanligini tushunib yetasiz.
Finaldagi so‘zlar klip mualliflarining so‘zlari emas, o‘sha qahramonning shafqatsizligi, kibri va insonlarga nisbatan adolatsizligini ko‘rsatish uchun berilgan obraz. Bu syujet qizning kasbi haqida emas, balki xiyonat, yolg‘on va insonning pastkashligi haqida", deya murojaat qildi.
Izohlarda esa kuzatuvchilar xonandaning murojaatini iliq kutib olib, uning fikrini qo‘llab-quvvatlashdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!