Foto: Madina Nurman / «Daryo»
Madaniyat vazirligiga san’atkor odamning bosh bo‘lgani yaxshi. Bu haqda O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev «Daryo» muxbiri Musulmonbek Ibrohimovga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Sherali Jo‘rayevning ta’kidlashicha, O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning madaniyat vaziri etib tayinlanishi — ma’qul ish.
- Madaniyat vaziri san’atkor bo‘lgani ma’qul. Ozodbekning vazir bo‘lgani yaxshi bo‘ldi. Chunki u san’atkorning qiyinchiliklarini boshidan o‘tkazgan. San’atkorlarga boshchilik qilish — og‘ir.
Har bir san’atkor bir respublikaga o‘xshaydi. Ularning barini boshqarish og‘ir, qiyin, lekin Ozodbek boshqara oladi, u ko‘p narsani ko‘rgan, hammasini boshidan o‘tkazgan. Ozodbekka muvafaqqiyat tilayman, - deydi Sherali Jo‘rayev.
Ozodbek Nazarbekov 22 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan O‘zbekiston madaniyat vaziri lavozimiga ma’qullangan, 24 yanvar kuni esa Prezident tomonidan tasdiqlangan edi. U bungacha madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari edi.
Avvalgi madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev Prezident tomonidan yangi shakllantirilgan Senatning a’zosi etib tayinlandi — u endi parlament yuqori palatasida Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasiga raislik qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi