4 991
Xonanda Imron Ibrohim Tatlisasning qizi Dilanni duet aytishga qanday ko‘ndirdi? (video)
Foto: «Daryo»
«Mavsum xitlari—2019» taqdirlash marosimida «Yomon qiz» qo‘shig‘i yilning eng yaxshi qo‘shig‘i va video klipi deb topilgan xonanda Imron turk estrada yulduzi Ibrohim Tatlisasning qizi Dilan Tatlisas bilan duet kuyladi.
Imron jurnalist Feruz Muhammadga bergan intervyusida Dilan Tatlisasni duet kuylashga qanday qilib ko‘ndirgani haqida gapirib berdi.
- Dilan Tatlisas bilan duet kuylash muammo bo‘lmadi. Dilanni topib, gaplashib qo‘shiqni yubordim. Qo‘shiqni eshitib yoqqanini aytdi va birgalikda kuylashga rozi bo‘ldi. Barcha xarajatlarni o‘zim ko‘targanman. Qo‘shiq to‘laligicha Istanbul shahrida yozilgan.
Ibrohim Tatlisas hozir umuman qo‘shiq aytmaydi. Agar qo‘shiq aytganida, duet kuylashga imkon bor edi. Bizda faqat bu ishning imkoni yo‘qdek gapirishadi.
Aslida mashhur turk xonandasi Ayla Chelik bilan duet qilaman deb rejalashtirgan edim, niyatim shu edi. Ayla bilan ko‘rishdik, bir piyola choy ustida gaplashdik. Shunaqa vaziyat bo‘ldiki, u gastrolga ketishi kerak edi, men esa uni 10-15 kun Istanbulda kutib tura olmasdim. O‘zbekistonda xizmatlarim bor edim. Shuningdek, Dilan Tatlisas bilan klip uchun ikki marta Istanbulga borishga majbur bo‘lganman.
Ayla Chelik qo‘shiq kuylashga rozi bo‘ldi. Hattoki qo‘shiqni turk, o‘zbek va fors tilida kuylash taklifini berdi. O‘zbekistonda ham uni tanishlarini xohladi.
Dilan Tatlisas bilan birgalikda kuylangan ‘Yolg‘iz qo‘ying’ qo‘shig‘i ustozimiz Dilorom Omonullayevani ijodiga mansubdir. Bu ikki tomonlama ijodiy ish bo‘ldi. Istanbulda bu qo‘shiq qayta yozildi. Ular bu qo‘shiqni turkcha ohangda kuylashni istashdi men esa aksincha, o‘zbekona ohangda kuyladim. Yaxshi ijodiy hamkorlik qilishga harakat qildik, - deydi xonanda Imron.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global Janub kimniki?
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi