23:40 / 10.04.2020
5 168

Burak O‘zchivit Instagram’da eng ko‘p folloverga ega turk aktyori bo‘ldi (foto)

Burak O‘zchivit Instagram’da eng ko‘p folloverga ega turk aktyori bo‘ldi (foto)
Foto: Instagram/@burakozcivit
Turkiyaning eng ko‘p haq to‘lanadigan aktyorlaridan biri Burak O‘zchivit ijtimoiy tarmoqlarda eng mashhur aktyor bo‘ldi, deb xabar beradi «Aksham» nashri.

Qayd etilishicha, ayni paytda Burakni Instagram orqali 14,6 million kishi kuzatadi. Bu esa turk aktyorlari orasidagi eng yaxshi natija hisoblanadi.
View this post on Instagram

❤️ @evcenf

A post shared by Burak Özçivit (@burakozcivit) on


Burakdan keyingi o‘rinni 2018 yilda dunyoning eng chiroyli aktrisasi deb topilgan Hande Erchel egalladi. Uning Instagram’da 12 milliondan ortiq folloveri bor. Hande o‘zbek tomoshabinlariga «Malikam, endi qara» serialidagi obrazi bilan yaxshi tanish.
View this post on Instagram

?

A post shared by Hande Erçel (@handemiyy) on


Handedan keyingi pog‘onani 9,8 million nafar kuzatuvchisi bo‘lgan Burakning rafiqasi Fahriya Evjen zabt etdi.
View this post on Instagram

Glowww✨✨✨

A post shared by Fahriye Evcen Özçivit (@evcenf) on


O‘zbek tomoshabinlariga «Jasur va go‘zal» va «Kumush» seriallaridagi obrazlari bilan yaxshi tanish aktyor Kivanch Tatlitug‘ so‘nggi bir necha oy ichida Instagram’dagi mashhur aktyorlar reytingida pastlab ketgan. Hozir uning akkauntini 3,2 million kishi kuzatadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Burak O‘zchivit Instagram’da eng ko‘p folloverga ega turk aktyori bo‘ldi (foto)