
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, kompozitor Oydin Abdullayeva fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlangan "Kabutar" nomli qo‘shiqni yaratdi. Qo‘shiq so‘zlari Muhiddin Omonga tegishli.
Oydin Abdullayeva - 4-chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining a’zosi. U bir qator simfonik, cholg‘u asarlar, shuningdek, kino va teatr uchun yozilgan musiqalar muallifidir.
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori (2000), "Yilning eng yaxshi bastakori" nominatsiyasida "Ehtirom-2015" mukofoti sovrindori.
Parlament faoliyatida Oydin Abdullayeva yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, milliy madaniyatni rivojlantirish masalalari bilan shug‘ullanadi. Madaniyat sohasida mualliflik huquqini himoya qilishga qaratilgan bir qator qonun loyihalarining muallifi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing