18:45 / 03.07.2020
4 020

Xonanda va aktrisa sifatida tanilgan Indi hozir qayerda? (foto)

Xonanda va aktrisa sifatida tanilgan Indi hozir qayerda? (foto)
Foto: Facebook / Indi Italia
Filmlardagi turli obrazlari hamda qo‘shiqlari bilan tanilgan Indi (Indira Bilolova) ayni paytda Italiyada yashamoqda.
U italiyalik erkakka turmushga chiqqan. Xonandaning sevgilisi unga uylanish uchun islom dinini qabul qilgan. Juftlikning to‘yi Qozon shahrida, 2017 yilda bo‘lib o‘tgan.



Indi hozirda Matteo ismli o‘g‘il farzandini tarbiyalab kelmoqda.

Xonandaning aytishicha, turmush o‘rtog‘i italyan bo‘lsa-da, o‘zbekona mentalitetga ega. Uning Instagram’dagi sahifasida turmush o‘rtog‘i bilan O‘zbekistondagi tarixiy shaharlar, xususan Samarqand va Toshkentda tushgan suratlarini ko‘rish mumkin.


O‘tgan vaqt ichida Indi Rim universitetida rejissura yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olgan. Indi ko‘p sonli muxlislarining savollariga javob berar ekan Toshkentga, albatta, qaytishini ma’lum qilgan.

Malumot uchun, Indi «Romeo va Juletta», «Telba» va «Feride» kabi filmlarda suratga tushgan.
«Feride» filmida Farruh Soipov bilan birga suratga tushgan

Foto: Facebook / Indi Italia
Uning «Sevgi», «Sevadi», «Dunyo», «Aytolmayman» hamda Abduvali Rajabov bilan kuylagan «Muhabbat qissasi» dueti xit bo‘lgan.

Foto: Facebook / Indi Italia

Manba: Daryo.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)