Avvalroq O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ruslan Sharipov olamdan o‘tgani haqida xabar berilgan edi. Xonandaning do‘stlari «Daryo» muxbiri Feruz Muhammadga bergan intervyusida Ruslan Sharipovni xotirlab, internet tarmoqlarida tarqalgan «koronavirusdan o‘ldi, insult bo‘libdi», mazmundagi fikrlarga munosabatini bildirdi.
- "Ruslan aka umrining oxirgi kunlarida uylarida edilar. Ko‘chaga ham unaqa ko‘p chiqmas edilar. Asosan telefonda gaplashardik, haftada 2-3 marta uylariga borib, ko‘rishib turardik.
Ijtimoiy tarmoqlarda o‘tiramiz, Instagram, Facebook, Telegram’larda ular haqida har xil negativ fikrlar yuribdi. Ularni yaqindan bilganim uchun, unday emas, u fikrlar bo‘lmagan gap deb bemalol ayta olaman.
Ular infarkt kasali bilan vafot etdilar. Shifokorlar bergan xulosa telefonimda turibdi, xohlasangiz ko‘rsatishim ham mumkin. «Doridan o‘lib qolibdi, alkogoldan o‘libdi» degan gaplar, hammasi bekor gaplar", - deydi Ruslan Sharipovning tutingan ukasi Sanjar Abduyusupov.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ruslan Sharipov 1966 yil 10 sentabrda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ruslan Sharipov «Bolalar», «Bayt», «Orginal», «Sado», «Eski shahar», «O‘zbek sistem», «Shahzod», «Al vakil», «Setora», «Yalla», «Bonu», «Laylo», «Xo‘ja», O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova, Nargiz Zokirova, Ravshan Sobirov, Avaz Olimov, Dildora Niyozova singari ko‘plab musiqiy jamoa va san’atkorlarning mega xit taronalari muallifi hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz"
Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi
Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling”
Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti