13:38 / 21.10.2020
3 211

Olimlar eng qo‘rqinchli dahshatli filmlarni aniqlashdi

Olimlar eng qo‘rqinchli dahshatli filmlarni aniqlashdi
Foto: «Bizarrewizard.livejournal.com»
Britaniyaning «Broadbandchoices» kompaniyasi tadqiqot o‘tkazib, eng qo‘rqinchli dahshatli filmlarni aniqladi. Bu haqda «Forbes» jurnali xabar berdi.

Tajribada 50 nafar katta yoshli odam ishtirok etgan. Ular qariyb 100 soat davomida har turli dahshatli filmlarni tomosha qilishdi. Shu vaqt davomida olimlar ko‘ngillilarning yurak ko‘rsatkichlarini kuzatib borishdi. Jumladan, tajriba paytida IMDB, Rotten Tomatoes va Reddit talqiniga ko‘ra eng yuqori reytingga ega 35 ta dahshatli film namoyish etildi.

Mutaxassislarning aniqlashicha, tomoshabinlar rejissyor Skott Derriksonning «Sinister» (2012 yil) filmidan ko‘proq ta’sirlanishgan. Me’yorda daqiqasiga 65 ta uradigan tomir ushbu filmni tomosha qilish paytida 86 tagacha ura boshlagan.

Eng qo‘rqinchli filmlar reytingida ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni rejissyor Jeyms Vanning «Astral» (2010 yil) hamda «La’nat» (2013 yil) filmlari egalladi.

Eng qo‘rqinchli o‘nta filmga, shuningdek, «Reinkarnatsiya» (2018 yil, rejissyor Ari Aster), «Paranormal hodisa» (2007 yil, rejissyor Oren Peli), «U» (2014 yil, rejissyor Andres Musketti), «La’nat-2» (2016 yil, rejissyor Jeyms Van), «Babaduk» (2014 yil, rejissyor Jennifer Kent), «Tushish» (2005 yil, rejissyor Nil Marshal) va «Vizit» (2015 yil, rejissyor M. Nayt Shyamalan) kiritildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Olimlar eng qo‘rqinchli dahshatli filmlarni aniqlashdi