21:06 / 25.11.2020
5 909

Aktrisa Sug‘diyona Azimova avtohalokat oqibatida ko‘rgan 70 million so‘m zararini undira olmayotganini ma’lum qildi (video)

Aktrisa Sug‘diyona Azimova avtohalokat oqibatida ko‘rgan 70 million so‘m zararini undira olmayotganini ma’lum qildi (video)
Foto: YouTube
Aktrisa Sug‘diyona Azimova o‘zining Instagram sahifasida avtohalokat natijasida Lada Xray avtomobili yaroqsiz ahvolga kelib qolgani, sud qarori bilan ayblanuvchi deb topilgan fuqaro 70 million so‘m zararni to‘lab bermayotgani haqida yozib qoldirgan.

- "Avtohalokat sodir bo‘lganiga ham bir yil bo‘ldi. Ammo haligacha ayblanuvchi Toshkent shahar Mirobod tuman ma’muriy sudi qarori bilan 70 000 000 so‘m chiqarilgan zararni to‘lamagan. Inflyatsiya hisobiga men har kuni yutqazyapman. Jizzax viloyati Baxmal tumani MIB xodimlari Prezident xalq qabulxonasiga qo‘ng‘iroq qilmagunimcha qaror borganini ham bilishmadi va nihoyat iyunda ularning ovozini eshitishga muyassar bo‘ldim. Ming afsuski, har qo‘ng‘iroq qilganimda erta, indin, degan gapni takror eshitaman. To‘g‘risi, bunaqa haqimni undirib bera olmayotgan, biz ishongan bu davlat tashkilotiga nima deyishni ham bilmay qoldim", - Sug‘diyona Azimova.

Aktrisaning yozishicha, ayblanuvchi voqea joyidan qochib ketgan, ayblanuvchi qochib ketish sababini «kattaroq joyga ishga kirmoqchi bo‘lganligi» bilan izohlagan.

- "Avtohalokatga sabab bo‘lgan ayblanuvchi voqea joyidan qochib ketgani ham mayli, ammo sudda sudyaning nimaga voqea joyidan qochib ketdingiz, degan savoliga bilasizmi nima, — deb javob berdi, — men kattaroq joyga ishga kirmoqchi edim, shunga ‘chp’ bo‘lishini xohlamadim, deb javob berdi. Jamiyatimizda bunaqa kadrlar rostdan ham kerakmikin? Hozirda ayblanuvchi Toshkentda ishlayapti. Mayli, zo‘r ekan O‘zbekiston Respublikasi qonun va qarorlaridan ham qo‘rqmaydigan bu ‘qora botir’, tarbiya qilgan otasi va sut bergan onasi ayol kishining haqqidan qo‘rqmasmikin.

Men nima deyishni ham, nima qilishni ham bilmay qoldim. Bemalol jinoyat qilib, birovning haqini bemalol yeb yuraversa, bunaqalarning urug‘ini qachon quritamiz? Ming afsus, onamning yolg‘iz qiz farzandiman, erkak kishi bo‘lganimda, boshqacha gaplashar edim!
", - deydi Sug‘diyona Azimova.

Aktrisa Sug‘diyona Azimova ushbu avtohalokat qanday sodir bo‘lgani haqida 2020 yil 6 iyun kuni YouTube‘dagi YashinTV kanaliga bergan intervyusida ham gapirib bergan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Aktrisa Sug‘diyona Azimova avtohalokat oqibatida ko‘rgan 70 million so‘m zararini undira olmayotganini ma’lum qildi (video)