5 373
Jahongir Otajonov YouTube’dagi «Zikr»dan boshqa barcha qo‘shiqlarini o‘chirib tashladi (video)
Foto: «Daryo»
Xonanda Jahongir Otajonov o‘zining Instagram sahifasida shariatimizga to‘g‘ri kelmagani uchun san’atdan voz kechdim, deya videomurojaat qoldirgan edi. Xonanda video murojaatda muxlislaridan barcha musiqalarini o‘chirib tashlashlarini ham iltimos qilgandi.
Jahongir Otajonovning YouTube’dagi rasmiy kanalida 343 000 dan ortiq kuzatuvchi bor. Xonandaning barcha konsert dasturlari, qo‘shiq va kliplari ushbu kanalga joylangan edi.
Jahongir Otajonov videomurojaatda aytganidek, YouTube’dagi umumiy hisobda 84 milliondan ortiq tomosha qilingan barcha qo‘shiq, videoklip hamda konsert dasturlarini o‘chirib tashladi.
Xonandaning rasmiy kanalida hozircha Ali Otajonov bilan birgalikda kuylagan «Zikr» nomli ashulasi o‘chirilmay qolgan, xolos.
Ma’lumot uchun, bu o‘zbek shou-biznesi vakillarining Alloh yo‘lida san’atni tark etishi bilan bog‘liq birinchi holat emas. Bunga qadar aktyorlar Farrux Soipov va Sherzod Bin, xonandalar Sardor Rahimxon va «Ummon» guruhi xonandasi Shohrux ham san’atni tark etganini ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi
Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir»