17:37 / 17.12.2020
3 877

Zinat Aman: Kinoda muvaffaqiyat qozongan, shaxsiy hayotda baxt topa olmagan hind aktrisasi

Zinat Aman: Kinoda muvaffaqiyat qozongan, shaxsiy hayotda baxt topa olmagan hind aktrisasi
Foto: «Yandeks Dzen»
O‘zbek muxlislariga «Alibobo va qirq qaroqchi» filmidagi roli bilan yaxshi tanish bo‘lgan Zinat Aman hayot va karerasi bilan bog‘liq ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etamiz.

Aktrisa 1951 yil 19 noyabrda dunyoga kelgan. Otasi afg‘on millatiga mansub bo‘lgan, ssenariy muallifi sifatida faoliyat yuritgan va Aman taxallusi ostida ijod qilgan. Zinat keyinchalik familiyasini otasining taxallusiga o‘zgartirgan. Ota-onasi uning yoshligida ajrashgan va 13 yoshida otasi hayotdan ko‘z yumgan. Onasi uni Bombeyning eng yaxshi maktabiga ta’lim olishga yuborgan va xorijda tahsil olishi uchun mablag‘ ayamagan. Hindistonga qaytganidan keyin bir qancha go‘zallik tanlovlarida qatnashgach,«Osiyo go‘zali» deb topilgan. Shundan keyin kinosanoat vakillari ushbu yosh va go‘zal qizga qiziqib qolgan. Ammo Dev Anand filmida bosh qahramon rolini ijro qilishni taklif qilib uning onasi oldiga kelgan birinchi rejissyor bo‘lgan.

Bu vaqtda Dev aktrisa Mumtoz bilan shartnoma tuzgan bo‘lganiga qaramay filmdagi qiz qahramonni yosh, g‘arbdan yo‘nalish olgan, har qanday taqiqlardan holi va jur’atli yangi aktrisa ijro qilishini istagan.

Foto: «Yandeks Dzen»
«Aka va singil» filmidagi roliga kirishib ketgan Zinat yuklatilgan vazifani uddasidan chiqqan. Bundan avval u Dev bilan birga «Ichki yovuzlik» loyihasida ishtirok etgan. Ushbu ijrosi sabab eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa sifatida Filmfare mukofotini qo‘lga kiritgan.

Foto: «Yandeks Dzen»
Yoshi kattalar aktrisa ijrosini tanqid qilgan, ammo kinosanoat vakillari Zinatda Hindistonni o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan ayol siymosini ko‘rgan. Unga bir qancha takliflar kelib tushganiga qaramay, o‘zidagi iste’dod va aktrisalik mahoratini ochib berishga Devni qodir deb hisoblab u bilan hamkorlikda ishlashda davom etgan. Uning ingliz aksenti aralash hind tilida gapirishi, kiyinishi va hayot tarzi u vaqtda Bollivud uchun begona bo‘lgan.

Foto: «Yandeks Dzen»
Mashhurlik cho‘qqisi tomon sekin-asta harakatlanib borayotgan vaqtda shaxsiy munosabatlari hammasini izidan chiqarib yuborgan. Avvaliga Dev bilan uchrashib yurgan va unga turmushga chiqmoqchi bo‘lgan. Amm Raj Kapur filmida bosh qahramon rolini ijro qilishga rozilik berganidan keyin bari o‘zgargan. Dev, Zinatning Raj bilan ko‘z urushtirib yurganini kechira olmagan. Keyinroq pokistonlik kriket o‘yinchisi Imran Xon undan keyin Kanvaljit ismi yosh aktyor bilan ham munosabatda bo‘lgan. Sanjay Xon bilan qurgan oilasi ham omadsiz yakunlangan.

Bu esa karerasiga ta’sir qilmay qolmagan. Alal-oqibat karera borasida muvaffaqiyat qozona olmagan aktyor Majar Xon bilan turmush qurgan va 2 farzandni dunyoga keltirgan. Rejissyorlardan taklif kutib charchagan aktrisa farzandlar tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘lgan, siyosat bilan ham shug‘ullanmoqchi bo‘lgan, ammo bu urinish ham ijod singari omadsiz bo‘lgan.

Foto: Getty Images
Farzandlari katta bo‘lganidan keyingina sahnaga qaytgan Zinat 2019 yilda Sanjay Datt, Kriti Sanon va Arjun Kapur bilan birga «Panipat jangi» filmida suratga tushgan. 2020 yildan esa teatrda faoliyat yurita boshlagan. Zinat kinosanotda moda dizayni bilan shug‘ullangan va katta biznes qilgan birinchi aktrisa hisoblanadi. U kiyinishi sabab uslub timsoli bo‘lgan, filmlarida kiygan kiyim-kechaklari yoshlar o‘rtasida darhol urfga kirgan.

Foto: Getty Images
Zinat mashhur aktyorlardan Dev va Rajdan tashqari, Shashi Kapur, Rajesh Khannalar bilan birga suratga tushishga muvaffaq bo‘lgan. «Shalimar» filmida u bilan birga ishlagan taniqli aktrisa Jina Lolobrijida uni butun Sharqda ko‘rgan ayollari orasida eng chiroyli, deb atagan. U kitob o‘qishni yaxshi ko‘rgan va doim yonida kitob olib yurgan. Bollivudning bugungi yosh yulduzlari ham vaqti-vaqti bilan 69 yashar Amandan maslahat olib turishni kanda qilmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Zinat Aman: Kinoda muvaffaqiyat qozongan, shaxsiy hayotda baxt topa olmagan hind aktrisasi