16:23 / 10.02.2021
5 014

Turk seriallari yulduzlari makiyajsiz holatda qanday ko‘rinadi? (foto)

Turk seriallari yulduzlari makiyajsiz holatda qanday ko‘rinadi? (foto)
Turkiyaning «TV Gazeta» nashri mashhur aktrisalarning makiyajsiz suratlari to‘plamini taqdim etdi, deb yozadi «RusTurkey.com». Suratlar ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Xande Erchel

Foto: «RusTurkey.com»
Xande Erchel hozirda nafaqat Turkiyada, balki dunyo bo‘ylab mashhurlik cho‘qqisida. 2018 va 2020 yillarda ijtimoiy so‘rovlarga ko‘ra, akstrisa dunyodagi eng go‘zal ayol deb topilgan.

Asli Enver

Foto: «RusTurkey.com»
Taniqli turk aktrisasi Asli Enver o‘zbek tomoshabinlariga «Istanbullik kelin» filmidagi roli bilan tanish. Aktrisa bundan tashqari yana bir nechta film va seriallarda ham suratga tushgan. Undagi tabiiy go‘zallik va oddiylikni yaxshi ko‘rishi tufayli ham makiyajsiz ko‘rishga ko‘plab tomoshabinlar o‘rganib qolgan.

Berrak Tuzunatach

Foto: «RusTurkey.com»
Berrak Tuzunatach kundalik hayotda kosmetik vositalardan kamroq foydalanishga harakat qiladi. Shuning uchun aktrisa makiyajsiz holatda ham unchalik farq qilmaydi. Berrak «Muhtasham yuz yil» serialida Mehriniso rolidan keyin mashhurlikka erishgan. Aktrisa suratga tushishdan tashqari, teleboshlovchi va model sifatida ham faoliyat yuritgan.

Demet O‘zdemir

Foto: «RusTurkey.com»
Turk aktrisasi va raqqosasi. Aktrisa ishtirok etgan bir qancha filmlar muvaffaqiyatga erishgan. Demet ham ko‘proq tabiiylikka urg‘u bergani uchun makiyajsiz tasviri unchalik ham farq qilmaydi.

Burju Birijik

Foto: «RusTurkey.com»
Burju ham tomoshabinlarga «Muhtasham yuz yil» teleserialidagi roli bilan juda yaxshi tanish. Aktrisa «Eng yaxshi xalqaro aktrisa» unvoni g‘olibasi, Mangeym kinofestivali laureati va bir necha kitoblar muallifi hisoblanadi. Aktrisani hamisha ekranda pardoz bilan ko‘rganlar uning makiyajsiz holatidan hayratlanishi tabiiy.

Beren Saat

Foto: «RusTurkey.com»
Beren Saat «Taqiqlangan sevgi» filmida rolb o‘ynaganidan keyin xalqaro miqyosda tan olingan turk aktrisasidir. «Karkidonlar mavsumi» tarixiy dramasida Beren italiyalik yulduz Monika Beluchchi bilan rol ijro etgan.

Farax Zeyneb Abdulloh

Foto: «RusTurkey.com»
Farax Zeyneb Abdulloh 1989 yil 17 avgustda Istanbulda eronlik turkman Oman Abdulloh va turk Gulay Abdulloh oilasida dunyoga kelgan. Aktrisa debyutini 2010 yilda «Bebaho vaqt» serialida ijro etgan. Keyinchalik u bir qancha chet el filmlarida ham suratga tushgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Turk seriallari yulduzlari makiyajsiz holatda qanday ko‘rinadi? (foto)