date

Jeki Channing o‘g‘li narkotiklarni iste’mol qilgani uchun omma oldida uzr so‘radi

Jeki Channing o‘g‘li narkotiklarni iste’mol qilgani uchun omma oldida uzr so‘radi

Mashhur xitoylik aktyor Jeki Channing o‘g‘li Jeysi marixuana iste’mol qilgan uchun omma oldida uzr so‘radi, deb xabar bermoqda TASS.

13 fevral kuni ozodlikka chiqqan 32 yoshli Jeysi Chan maxsus matbuot anjumani avvalida tavba qilganlik belgisi sifatida chuqur ta’zim qildi. U o‘z qilmishlarini hech nima bilan oqlab bo‘lmasligini tan olib, o‘ziga ikkinchi imkon berishni so‘radi. Qamoqda o‘tirib o‘z hayotini butunlay o‘zgartirish haqida o‘ylaganini, o‘zini oilasi va ijodiga bag‘ishlashini ma’lum qildi.

Eslaib o‘tamiz, Jeysi Chan 2014 yil avgust oyida uning Pekindagi uyida polisiya narkotik moddalarni iste’mol qilganlikda gumonlangan shaxslarni aniqlagach qo‘lga olingan. Jeysining o‘zining qonidan ham marixuana aniqlangan.

Manba: www.daryo.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Jeki Channing o‘g‘li narkotiklarni iste’mol qilgani uchun omma oldida uzr so‘radi