719
«Fazilatxonim va qizlari»dagi Hazan va Yag‘iz «Razvedka» deb nomlangan yangi serialda suratga tushmoqda

Foto: Turk cinema
Turkiyaning mashhur yulduzlari Deniz Baysal va Chag‘lar Ertug‘rul navbatdagi yangi «Razvedka» serialida suratga tushmoqda. «Fazilat xonim va qizlari» serialining muxlislari o‘zlarining sevimli juftligini yana birga ko‘rishdan xursand, deb yozadi «KinoTeka».
Loyihaning suratga olish ishlari Anqarada bo‘lib o‘tmoqda va serialning to‘liq uch qismi efirga uzatilish tayyor. Tez orada birinchi treylerning ekranlarga chiqishi kutilmoqda. Serialning o‘zini esa 2021 yilning mart oyidan TRT1 telekanali orqali namoyish etish rejalashtirilgan. Qizig‘i shundaki, ushbu kanal davlatga qarashli bo‘lgani uchun ham reyting haqida qayg‘urishning keragi bo‘lmaydi. Reyting qanday bo‘lishidan qat’i nazar ijodiy guruh loyihani o‘zi to‘xtatmaguncha, u ekranlarda namoyish etiladi.
«Serialning suratga olish ishlari Anqarada bo‘lib o‘tmoqda va TRT1 telekanalida namoyish etiladi. Men kartinada Turkiya xavfsizligini ta’minlash uchun o‘ta maxfiy va muhim operatsiyalarda qatnashadigan sirli qahramon rolini ijro etaman. Qahramonim aqlli, qat’iyatli hamda jasur qiz. U o‘jar bo‘lsa-da, o‘z vazifasini oxirigacha yakunlaydi. O‘zining kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaydi», — deydi Deniz Baysal «Milliyet» gazetasiga bergan intervyusida.
Bundan avval serialning syujeti sir tutilayotgani, ammo drama janrida bo‘lishi hamda turk maxsus xizmat xodimlarining faoliyatiga bag‘ishlanishi ma’lum qilingan edi. Shuningdek, aktyorlar 2020 yilning 8 dekabr kuni suratga olish ishlari boshlangan serial suratlarini ijtimoiy tarmoqda bo‘lishgan.
Eslatib o‘tamiz, Deniz Baysal hamda Chag‘lar Ertug‘rul «Fazilat xonim va qizlari» serialidagi Hazan va Yag‘iz sevishgan juftlik roli bilan o‘zbek tomoshabinlari ko‘nglidan joy olgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

«Fazilatxonim va qizlari» serialidagi Yag‘iz va Xazan yangi serialda juftlik rolini ijro qiladi

Turkiyada Neslihan Atagul bosh rolni ijro etgan mashhur serialning davomi suratga olinadi

Boylikka o‘ch ona hikoyasi “Fazilat xonim va qizlari” serialida

“Tirilish. Ertug‘rul”serialini 3 milliard kishi kuzatmoqda

Sevara Soliyeva nega «Zurriyot»dan voz kechdi?

MY5`da yana bir yangi serial namoyish etiladi