20:05 / 28.02.2021
2 862

Priyanka Chopra haqidagi avval e’lon qilinmagan 11 ta ma’lumot

Priyanka Chopra haqidagi avval e’lon qilinmagan 11 ta ma’lumot
Foto: «Yandeks Dzen»
Bollivud go‘zali, iste’dodli aktrisa Priyanka Chopra tomonidan yozilgan va 2021 yilning 9 fevral kuni ilk marta nashrdan chiqqan «Tugallanmagan» deb nomlangan memuar kitobda aktrisa o‘zi haqida hammaga ham ayon bo‘lmagan voqea va hodisalar haqida to‘xtalib o‘tgan.

Uni internat maktabga yuborgani uchun ota-onasidan qattiq xafa
Uyda bo‘lgan tortishuvdan keyin ota-onasi tomonidan internat maktabga yuborilgan aktrisa, u yerdagi birinchi hafta darhaqiqat qiyin kechganini ta’kidlagan. Onasi kelganida qanchalik xursand bo‘lsa, ketayotganida shunchalik kuyingan. Priyanka ayriliq sabab ko‘z yoshlarini yashira olmagan, onasi ham o‘zini bazo‘r tiyib turgan. Shunga qaramay u bora-bora maktabini yaxshi ko‘rib qolgan, tartibga o‘rgangan va ko‘plab do‘st orttirishga muvaffaq bo‘lgan.

Foto: «Yandeks Dzen»
Otasi hayotini saqlab qolgan askar hikoyasi
Kitobda uning otasi Ashok Chopra bilan bog‘liq xotira va voqealarni ko‘plab uchratish mumkin. Unda yozilishicha, Ashok xavfli harbiy hududda yaralangan va jarohatlangan bemorlarga yordam berish uchun Lexga yuboriladi. Boshidan o‘q bilan yaralangan, yarimjon askar undan oilasiga vatan uchun o‘lishga rozi ekani hamda u o‘z vazifasini bajarganini aytishni iltimos qiladi. Bunga javoban Ashok o‘zing aytasan, deb javob beradi. Shifokor harbiy yigit hayotini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ladi. Aktrisa otasining o‘limidan yigirma yil o‘tganidan keyin o‘sha askar ularnikiga kelgani va bir vaqtlar boshidan olib tashlangan o‘qni shuncha yil davomida saqlab yurganini qo‘shimcha qiladi.

Foto: «Yandeks Dzen»
Priyanka «Yulduzli tun» suratiga tekkani uchun Zamonaviy san’at muzeyidan quvib chiqarilgan
Priyanka o‘smir paytida Nyu-Yorkdagi Zamonaviy san’at muzeyiga oila a’zolari bilan birga borgan. «Yulduzli tun» nomli suratga shunchalik maftun bo‘lganidan unga qo‘li bilan tegib ko‘rgan, shundan keyin muzey xodimlari tomonidan chiqarib yuborilgan.

Birinchi sevgisi va yuragi parchalangani haqida
Aktrisa ilk ko‘ngil qo‘ygan insoni Bob bilan bo‘lgan munosabatlariga ham to‘xtalib o‘tgan. Indiana shtatidan Nyu-Yorkka ko‘chib o‘tganidan keyin ham Bob bilan munosabatlarini davom ettirmoqchi bo‘lgan. Elektron pochta orqali maktub yozib turgan Chopra Bob u ketganidan keyin eng yaqin dugonasi bilan uchrashishni boshlagani haqida bilib qolgan.

Foto: «Yandeks Dzen»
Massachusets, Nyutonda uning ustidan kulishgan
Nyutondagi maktabda o‘qib yurgan vaqti boshqalarga o‘xshamagani sabab uni o‘smir qiz va yigitlar ta’qib qilib, «o‘z olami», vataniga qaytishni so‘ragan. O‘ziga bo‘lgan ishonchi so‘ngan Priyanka 16 yil avval Hindistonga qaytgan.

Hindiston go‘zali tanloviga uni akasi va onasi yozdirib kelgan
Akasi Siddxart «Hindiston go‘zali» tanlovi e’lon qilingani haqidagi reklamani ko‘rib, singlisini ushbu tanlovda ishtirok etishi kerak, deb hisoblagan. Sidd va onasi uning nomidan anketa to‘ldirgan, keyinchalik aktrisa akasi buning barini xonasini qaytarib olish uchun qilganini bilib qolganini ta’kidlagan. Priyanka pasportga suratga tushayotganida fotosuratchi unga modellarnikiga o‘xshash qo‘shimcha kadrlar olishni taklif qilgan. Tanlovga topshirilgan va unga omad olib kelingan ushbu surat bugungi kunda Bareylidagi «Suri» fotostudiyasining devorini bezab turadi.

Foto: «Yandeks Dzen»
Mashhur rejissyor unga shilqimlik qilgan
Go‘zallik tanlovida g‘olib bo‘lganidan keyin aktrisa menejeri bilan birga mashhur prodyuserning yoniga borgan. Unga plastik operatsiya qildirishi kerakligini aytgan va yomon ko‘z bilan qaraganini sezgan Priyankaning jahli chiqqan hamda hafsalasi pir bo‘lib qaytgan.

Muvaffaqiyatsiz operatsiyasidan keyin filmlardan taklif kelmagan
Go‘zallik tanlovidagi ishtirokidan keyin shifokorlar Priyankaning burnida jarrohlik yo‘li bilan olib tashlash kerak bo‘lgan polip borligini aniqlaydi. Tashqi ko‘rinishiga ta’sir qilgan mazkur muvaffaqiyatsiz urinishdan keyin bir necha marta operatsiya qildirishiga to‘g‘ri kelgan. Shundan keyin matbuotda «plastik Chopra» deb atala boshlagani yetmagandek, rejissyorlar suratga tushish bilan bog‘liq shartnomalarni bekor qila boshlagan, taklif esa bo‘lmagan.

Oqartiradigan krem reklamasida suratga tushgani uchun afsuslanadi
Ortga nazar tashlab, bu karerasidagi eng katta xatolardan biri ekanini va inson terisining rangidan qat’i nazar, teng bo‘lishi kerakligini ta’kidlagan aktrisa bunday reklama uchun barchadan kechirim so‘raydi.

Foto: «Yandeks Dzen»
Ritik Roshan aktrisaning otasining davolanishiga yordam bergan
Priyanka otasining davolanishiga bergan yordami uchun «Krish» filmidagi hamkasbi Ritik va uning otasi Rakeshga minnatdorchiligini izhor qiladi.

Foto: «Yandeks Dzen»
Sevimli iti Diana Chopra Jonasni qayerda uchratgani haqida
Buzzfeed nashriga intervyu berayotgan vaqti Priyankadan itlar bilan o‘ynash jarayonida savollarga javob berish so‘ralgan. Mitti yoqimtoy it Burberry tuflisini tishlamoqchi bo‘lganida aktrisa uning didi chakki emasligiga amin bo‘lgan va itni yoqtirib qolgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Priyanka Chopra haqidagi avval e’lon qilinmagan 11 ta ma’lumot