4 985
Sherali Jo‘rayev haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan mish-mishlarga oydinlik kiritildi
Foto: Telegram
Ijtimoiy tarmoqlarda Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, O‘zbekiston xalq artisti, 74 yoshli Sherali Jo‘rayevning og‘ir ahvolda ekani yoki vafot etgani to‘g‘risida turli mish-mishlar tarqalmoqda. «Daryo» muxbiri Mirolim Isajonov mazkur gap-so‘zlarga oydinlik kiritish maqsadida san’atkorning kenja izdosh o‘g‘li Zohirshoh Jo‘rayevning ma’muri G‘ayrat Shokirov bilan bog‘landi.
«Kimlardir judayam noto‘g‘ri xabarlar tarqatib yuboribdi. Bunday gaplarni kim chiqargan bo‘lsa, Alloh unga insof bersin», — dedi G‘ayrat Shokirov.
— Sherali Jo‘rayev ayni paytda Istanbulda davolanayotgani haqidagi xabarlar qanchalik rost?
— Aslida Turkiyaga safarga ketgan. U yerda qizlari o‘qiydi. Magistraturani bitirish arafasida diplom olish jarayonlari bo‘larkan. Hozir qizlarining oldida. 7—8 mart kunlari Toshkentga qaytib keladi. Xudo xohlasa, 21 mart kuni davlat bayramida ko‘rinish beradi. Dasturga qo‘shiqlari kiritilgan, tayyorgarlik ketyapti.
Sherali Jo‘rayevning to‘ng‘ich o‘g‘li Shohjahon Jo‘rayev ham otasining tirik va sog‘-salomat ekanligini aytib, muxlislardan yolg‘on mish-mishlarga ishonmaslikni so‘radi.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi?
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi”
AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi
Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor"
Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi”