Foto: «Kinoteka»
Ayni vaqtda «Ramo» nomli serialda suratga tushayotgan turk aktyori Murat Yildirim ijtimoiy tarmoqlarda uning rafiqasi Iman Elba sha’niga yozib qoldirilgan haqoratli izohlardan g‘azablandi. Bu haqda «Kinoteka» xabar beradi.
Serial syujetiga ko‘ra u ijro qilgan qahramon Esra Bilgich gavdalantirgan Sibel bilan go‘zal sevgi hikoyasini boshdan kechiradi. Qayd qilinishicha, serial muxlislari haddidan oshgan va rafiqasiga «RamBel» (Ramo va Sibel nazarda tutilgan)ning sevgisiga to‘siq bo‘lmasdan yo‘ldan qoch, deb yozib qoldirgan.
«Odatda ijtimoiy tarmoqlarda nima yuz berayotgani haqida doim ham kuzatmasligimni yaxshi bilasiz. Ammo rafiqamni haqorat qilganingizni shunday qoldira olmayman. Rafiqamni haqorat qilganlar uning besh marotaba farzandimizni yo‘qotganidan xabari bormi?», — deb yozgan aktyor. Shuningdek, serialdagi bosh qahramon rolini Esraga turmush o‘rtog‘i taklif qilgani, bu shunchaki ish ekani va ular o‘z ishini professional ravishda bajarayotganini ma’lum qilgan.
«Men bularning barini so‘zlarimdan xulosa chiqarasiz, degan maqsadda yozyapman. Hamma narsa tuyulganidek bo‘lavermaydi. Esra bundan avval ham hech kim bu holatdan mamnun emasligi haqida ogohlantirgan edi. Bularning bari tez orada yaxshilik bilan yakuniga yetadi, degan umiddaman», — deb izohini yakunlagan Murat. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi