17:33 / 07.03.2021
2 889

Turk aktyori Murat Yildirim muxlislaridan g‘azablandi

Turk aktyori Murat Yildirim muxlislaridan g‘azablandi
Foto: «Kinoteka»
Ayni vaqtda «Ramo» nomli serialda suratga tushayotgan turk aktyori Murat Yildirim ijtimoiy tarmoqlarda uning rafiqasi Iman Elba sha’niga yozib qoldirilgan haqoratli izohlardan g‘azablandi. Bu haqda «Kinoteka» xabar beradi.

Serial syujetiga ko‘ra u ijro qilgan qahramon Esra Bilgich gavdalantirgan Sibel bilan go‘zal sevgi hikoyasini boshdan kechiradi. Qayd qilinishicha, serial muxlislari haddidan oshgan va rafiqasiga «RamBel» (Ramo va Sibel nazarda tutilgan)ning sevgisiga to‘siq bo‘lmasdan yo‘ldan qoch, deb yozib qoldirgan.

«Odatda ijtimoiy tarmoqlarda nima yuz berayotgani haqida doim ham kuzatmasligimni yaxshi bilasiz. Ammo rafiqamni haqorat qilganingizni shunday qoldira olmayman. Rafiqamni haqorat qilganlar uning besh marotaba farzandimizni yo‘qotganidan xabari bormi?», — deb yozgan aktyor. Shuningdek, serialdagi bosh qahramon rolini Esraga turmush o‘rtog‘i taklif qilgani, bu shunchaki ish ekani va ular o‘z ishini professional ravishda bajarayotganini ma’lum qilgan.

«Men bularning barini so‘zlarimdan xulosa chiqarasiz, degan maqsadda yozyapman. Hamma narsa tuyulganidek bo‘lavermaydi. Esra bundan avval ham hech kim bu holatdan mamnun emasligi haqida ogohlantirgan edi. Bularning bari tez orada yaxshilik bilan yakuniga yetadi, degan umiddaman», — deb izohini yakunlagan Murat.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Turk aktyori Murat Yildirim muxlislaridan g‘azablandi