Foto: Pinterest
Ma’lumki, hanuzgacha «Elchining qizi» seriali atrofidagi vaziyat qiyinligicha qolmoqda. Ssenariy mualliflari qanchalar harakat qilmasin, yangi syujet kutilgan natijani bermadi, deb yozadi «Kinoteka». Yetakchi aktrisa – Neslihan Atagul loyihani tark etganidan so‘ng serial tomoshaviyligini yo‘qotdi.
Muxlislar noroziligini bildirishda davom etsa ham, reyting hafta sayin pasayib borsa ham, serialning tomosha ko‘rsatkichlari soni yuqoriligicha qolmoqda. Aktyorlar tarkibiga Tuba Buyukustunning qo‘shilishi bilan yangi tomoshabinlar ham paydo bo‘ldi. Biroq filming ma’naviy ruhi tushib ketganligi hamda suratga olish maydonchasidagi ijodkorlar ham tushkun holatda ekanligi aytilmoqda.
Voqealar muxlislarning e’tiborini jalb qilib, serial hali ham tomosha qilinayotganiga qaramay, loyiha tez orada tomoshabinlar bilan xayrlashishi mumkin. Agar biror mo‘’jiza ro‘y bermasa …
Oxirgi vaqtda tabloidlar Narening serialga qaytishi haqidagi xabarlarni e’lon qildi. Ammo Neslihan loyihaga qaytmoqchi emas. Aktrisaning jurnalistlarga aytishicha, u boshqa loyihaga diqqatini qaratgan. Bu esa bir tomondan uning muxlislarini biroz ranjitdi.
Shuningdek, «Elchining qizi» haqidagi voqealar o‘zgargan bo‘lsa-da, hali yakunlanmagan. Tomoshabinlar shuning uchun ham yangilik kutmoqda. Aytishlaricha, loyihani raqamli platformaga o‘tkazish orqali saqlab qolish mumkin. Masalan, Exxen platformasiga. Agar shunday qaror qabul qilinsa, ehtimol, tomoshabinlar «Elchining qizi» serialining uchinchi mavsumida Engin Akyurek hamda Tuba Buyukustunning ajoyib ijrosidan bahramand bo‘lishni davom ettiradi. Hozircha biror narsa deyish qiyin, hammasini vaqt ko‘rsatadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi”
Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi”
AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi
Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi?
5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi
AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi