16:57 / 05.04.2021
5 579

«Mana senga bola, deb ichimga tepardi». Zuhra Soliyeva turmush o‘rtog‘i tomonidan muntazam kaltaklangani haqida (video)

«Mana senga bola, deb ichimga tepardi». Zuhra Soliyeva turmush o‘rtog‘i tomonidan muntazam kaltaklangani haqida (video)
Foto: Instagram / @zuhra_saliyeva
Aktrisa Zuhra Soliyeva «Mirsodiqova bilan» YouTube kanaliga bergan intervyusida haligacha Toshkentda ijara uyda yashashi, erga tegib, kuyib qolgani haqida so‘zlab [url=Foto: Instagram / @zuhra_saliyeva]berdi[/url].

«To‘ylarga chiqaman, lekin Toshkentdan kvartira sotib oladigan darajada pul topmayman, bu birinchidan. Ikkinchidan, erga tegdim. Erga tegib, uy-joy qilaman, desam, u er shunaqa tushdi, bor-yo‘g‘imni sovurdi. Ana shunda olardim. Erim ham pulimni sovurdi, ham dilimni og‘ritdi. Men nega chidardim, bitta bola bo‘lsa buyam bosiladi, o‘zgaradi, derdim. Bizda shunaqa gap bor-ku. Bitta bola bo‘lsa, erim bosiladi, deganlarga aytmoqchi bo‘lgan gapim: bosilmaydi! Bo‘lmagani boshidan bilinadi! GAIga tushgan jarimasini ham men to‘lardim, kiyim-kechak olib berardim, mashinani bo‘lib to‘lashga olganman, har oy 400 dollar to‘lardim. O‘sha pullarni hisoblasam, erimni ketidan ikkita uyning puli ketdi», — deydi aktrisa.

"Qaynonam ham ikkiyuzlamachilik qildi. Menga yaxshi gapirib, telefonda o‘g‘liga ‘ur’, derdi. ‘Bir marta qachon bola qilamiz, bola xohlayapman’, deganimda ‘Mana senga bola!’, deb bachadonimga tepgan", — deydi Zuhra Soliyeva.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «Mana senga bola, deb ichimga tepardi». Zuhra Soliyeva turmush o‘rtog‘i tomonidan muntazam kaltaklangani haqida (video)