
Foto: Instagram / @zuhra_saliyeva
Aktrisa Zuhra Soliyeva «Mirsodiqova bilan» YouTube kanaliga bergan intervyusida haligacha Toshkentda ijara uyda yashashi, erga tegib, kuyib qolgani haqida so‘zlab [url=Foto: Instagram / @zuhra_saliyeva]berdi[/url].
«To‘ylarga chiqaman, lekin Toshkentdan kvartira sotib oladigan darajada pul topmayman, bu birinchidan. Ikkinchidan, erga tegdim. Erga tegib, uy-joy qilaman, desam, u er shunaqa tushdi, bor-yo‘g‘imni sovurdi. Ana shunda olardim. Erim ham pulimni sovurdi, ham dilimni og‘ritdi. Men nega chidardim, bitta bola bo‘lsa buyam bosiladi, o‘zgaradi, derdim. Bizda shunaqa gap bor-ku. Bitta bola bo‘lsa, erim bosiladi, deganlarga aytmoqchi bo‘lgan gapim: bosilmaydi! Bo‘lmagani boshidan bilinadi! GAIga tushgan jarimasini ham men to‘lardim, kiyim-kechak olib berardim, mashinani bo‘lib to‘lashga olganman, har oy 400 dollar to‘lardim. O‘sha pullarni hisoblasam, erimni ketidan ikkita uyning puli ketdi», — deydi aktrisa.
— Shukhrat (@bankir2102) April 5, 2021
"Qaynonam ham ikkiyuzlamachilik qildi. Menga yaxshi gapirib, telefonda o‘g‘liga ‘ur’, derdi. ‘Bir marta qachon bola qilamiz, bola xohlayapman’, deganimda ‘Mana senga bola!’, deb bachadonimga tepgan", — deydi Zuhra Soliyeva. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar