4 803
Tarkan O‘zbekistonda 143 ming dollar evaziga konsert berishdan bosh tortgani haqida gapirdi
Foto: «modernrock.ru»
Turkiyalik taniqli qo‘shiqchi Tarkan OAVga unga 143 ming dollar olishi mumkin bo‘lgan konsertdan nega bosh tortganini ma’lum qildi, deb yozadi «RusTurkey.com»
Keng tarqalgan xabarga ko‘ra, xonandaning konserti O‘zbekistonda rejalashtirilgan edi, dastur uchun tashkilotchilar unga 143 ming dollar pul taklif qilgan. Tarkanning konsertdan voz kechishi esa rezonansga sabab bo‘ldi va u shundan keyin buning sababini tushuntirishiga to‘g‘ri keldi.
«Mening rad etishim na mamlakat bilan, na to‘lov bilan va na mening kayfiyatim bilan bog‘liq. Hammasi koronavirus pandemiyasi tufayli. U tugamaguncha va hayot butunlay normallashgunga qadar men ijro etmayman», — deydi qo‘shiqchi.
Eslatib o‘tamiz, Tarkan turkiyalik qo‘shiqchi, muallif va prodyuser. Turkiyada u «Pop shahzodasi» sifatida taniqli bo‘lib, konsertlar paytida o‘zining shoulari bilan millionlab muxlislar orttirgan. Xonanda 19 million nusxada sotilgan platina albomlarini chiqargan. U birinchi bo‘lib Turkiyadan The World Music Awards mukofotini olgan yagona musiqa ijrochisi bo‘lib qolmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi