
Foto: Harper’s Bazaar
Yaqinda mahoratli Bollivud aktrisasi Priyanka Chopra o‘zining 39 yoshini nishonladi. Muhim sana sharafiga aktrisaning turmush o‘rtog‘i Nik Jonas rafiqasi uchun kichik syurpriz uyushtirishga qaror qildi. Shunday qilib, Nik ijtimoiy tarmoqlarda aktrisaning oilaviy arxividan bir qator postlar joyladi.
Yillar o‘tib ketganini payqash mumkin-u, ammo Priyanka hamon o‘sha. Suratlarning birida yosh qizaloq pushti rangdagi milliy hind libosida rasmga tushgan, ammo ikkinchi surat yaqinda olingan bo‘lishi mumkin. Aftidan, aktrisa bolaligidagi obrazini qayta tiklashga harakat qilgan. «Tug‘ilgan kuning bilan tabriklayman, sevgilim. Sen bu dunyoda bor baxtga loyiqsan. Bugun va har kuni», – deya ta’sirli tilaklarni yozib qoldirdi Nik Jonas.

Foto: Harper’s Bazaar
Priyanka ChopraNik JonasTugilgan KuniBollivud AktrisasiIjtimoiy TarmoqlarOila Arxivi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar