Foto: The Guardian
Britaniyalik xonanda Adel «Easy On Me» nomli qo‘shiq klipini taqdim qildi. Bu uning 6 yillik tanaffusdan keyingi ilk kompozitsiyasi.
Amerikalik prodyuser Greg Kerstin bilan hamkorlikda yozilgan mazkur qo‘shiq xonandaga xos bo‘lgan fortepiano jo‘rligidagi sokin ballada janrida ijro qilingan. Klip Kvebek shahrida suratga olingan. Unga avvalroq Adelning «Hello» klipi ustida ishlagan Ksave Dolan rejissyorlik qilgan.
Klipda sotuvga qo‘yilgan eski uyni tark etgan Adelning qishloq yo‘li bo‘ylab mashinada harakatlanayotganini, yo‘l-yo‘lakay kempingda dam olayotganlar, kabrioletdagi yoshlar, eski mebellarni tashiyotgan furgonga duch kelishini ko‘rish mumkin.
«Easy On Me» qo‘shig‘i Adelning 19 noyabrda taqdim qilinishi rejalashtirilgan «30» nomli to‘rtinchi albomidan o‘rin olgan. An’anaga ko‘ra ijodkor plastinkalari nomini ularning ustida ishlashni boshlagandagi yoshi bilan nomlaydi.
Yangi albomning yaratilishiga Adelning sobiq turmush o‘rtog‘i Saymon Konetski bilan ajrashishi turtki bo‘lgan. «Easy On Me»da xonanda sobiq umr yo‘ldoshiga va to‘qqiz yashar o‘g‘li Anjelo Jeymsga murojaat qilib, nima uchun uning otasi bilan birga bo‘la olmasligini tushuntiradi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi