22:46 / 19.10.2021
1 118

Amerikalik mashhur reper Kane Uest ismini o‘zgartirdi

Amerikalik mashhur reper Kane Uest ismini o‘zgartirdi
AQSH sudi taniqli reper Kane Uestning o‘z ismini o‘zgartirish borasidagi so‘rovini qanoatlantirdi, deb xabar beradi «Korrespondent.net».

«U ancha yillardan buyon Ye taxallusida ijod qilib keladi… Ammo endi ismining qisqartirilgan versiyasi uning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasiga kiritildi», — deyiladi xabarda.

Shunday qilib, to‘liq ismi Kane Omari Uest bo‘lgan 44 yoshli reper endilikda 2018 yilda taqdim etilgan albomining nomi kabi shunchaki Yega aylandi.

Kanening o‘zi ushbu so‘z «Injil»da ko‘p takrorlangani va u «sen» deya tarjima qilinishini ta’kidlagan.

Sud qo‘shiqchining ismini o‘zgartirish borasidagi da’vosini qariy ikki oy ko‘rib chiqqan. Reper bu kabi xatti-harakatini «shaxsiy sabablarim» deya izohlagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Madaniyat » Amerikalik mashhur reper Kane Uest ismini o‘zgartirdi