Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva O‘zbekistonning «EXPO 2020 Dubay» jahon ko‘rgazmasida ishtirok etishi muhim voqea ekanligini aytdi.
Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi «EXPO 2020 Dubay» butunjahon ko‘rgazmasida ishtirok etayotgan O‘zbekistonning Milliy paviloni madaniy dasturlarining rasmiy hamkori hisoblanadi. «EXPO 2020 Dubay» ko‘rgazmasining 6 oylik faoliyati davomida Jamg‘arma tomonidan bir qator muhim madaniy tadbirlarni o‘tkazish rejalashtirilgan.
Dubaydagi Butunjahon ko‘rgazmasi faoliyati davomida Jamg‘arma O‘zbekiston Milliy paviloni bilan hamkorlikda mamlakatimizning madaniy va sayyohlik salohiyatini xalqaro maydonda ilgari surishga qaratilgan qator tadbirlarni taqdim etadi.
«Expo 2020 Dubay» jahon ko‘rgazmasi 2022 yil 31 martgacha bo‘lgan davrda butun dunyo bo‘ylab 25 millionga yaqin mehmonlarni qabul qilishi rejalashtirilgan.
Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva:
«Bugun O‘zbekiston dunyoga ochiq, ijobiy tajriba orttirishga tayyor hamda o‘z tajribasi bilan mamnuniyat ila o‘rtoqlashar ekan, yurtimizning madaniy salohiyatini xalqaro maydonda samarali targ‘ib etish uchun yangi poydevor qo‘ymoqdamiz. 2022 yilda O‘zbekiston va BAA o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligini nishonlaymiz. Bu bizni bir-birimizga ishonish, yangi yutuqlarga ilhomlantirish, turli darajalarda va sohalarda o‘zaro muloqot qilishni o‘rgatgan uch samarali o‘n yilliklar edi. Shuning uchun O‘zbekistonning «EXPO 2020 Dubay» jahon ko‘rgazmasida ishtirok etishi — bu Birlashgan Arab Amirliklari-tashkilotchi mamlakat va boshqa ishtirokchi mamlakatlar bilan yuqori darajadagi muloqotga qo‘shimcha sur’at baxsh etadigan muhim voqeadir».
Expo jahon ko‘rgazmasi
Eng zamonaviy texnologiyalarni ko‘rish va yangi dunyo qadriyatlarini o‘rganish uchun mo‘ljallangan «Expo» 1851 yilda Londonda tashkil etilganidan beri, doimiy ravishda yetuk me’moriy asarlarni namoyish etib keladi, pavilonlar esa ko‘rgazmaning asosiy eksponatlariga aylanadi. O‘zbekiston pavilonining g‘oyasi, tarixda ilk bor Yaqin Sharq hududida bo‘lib o‘tayotgan «Expo 2020 Dubay»ning «Aql-idrokni birlashtirib, kelajakni yaratamiz» nomli asosiy mavzusi bilan aks etadi. 191 ta mamlakatlarning sa’y-harakatlarini birlashtirish va ularning bir xil maydondagi uchrashuvi «EXPO 2020»ga savdo va investitsiya aloqalarini kengaytirish uchun global platforma nomini, shuningdek, innovatsiya, ilm-fan, madaniyat va ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalar bo‘yicha hamkorlikni talab qilish imkonini beradi.
«Expo» jahon ko‘rgazmasi har 5 yilda o‘tkaziladi va dunyodagi eng qadimgi va eng yirik tadbirlardan biridir. Tadbir o‘zining 170 yillik tarixi davomida ixtiro va texnologiyalarni namoyish etuvchi vitrinaga aylandi. 1873 yilda Vena shahrida bo‘lib o‘tgan jahon ko‘rgazmasida texnik va sanoat yangiliklaridan tashqari, bir qator badiiy mahsulotlar namoyish etildi. O‘shandan beri madaniyat va san’at butun dunyo bo‘ylab «Expo» dasturining ajralmas hamkorlariga aylandi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi