Foto: Esquire
Koreyalik rejissyor tomonidan ishlangan «Kalmar o‘yini» eng yaxshi to‘liq metrajli yil seriali sifatida e’tirof etilib, Amerikaning kinotanqidchilar, jurnalistlar, dasturchilar va film kuratorlaridan iborat qo‘mita tomonidan Gotham Awards mukofotiga loyiq deb topildi. Bu haqda Esquire xabar beradi.
«12 yil avval, 2009 yil ushbu ssenariyni yozganimda, bor kuchim bilan harakat qilganman, ammo u hech kimga yoqmagan. Menga ssenariyning haddan ortiq darajada shafqatsiz, mavhum va g‘alati ekanini aytishgan. Premeradan keyin esa serialning dunyodagi eng mashhur shou bo‘lishi uchun atigi 12 kun kerak bo‘ldi», — degan rejissyor Xvan Don Xyok.
Serialda bosh qahramon rolini ijro qilgan Li Chon Je ham «Yangi serialdagi ajoyib aktyorlik ijrosi» yo‘nalishiga nomzod bo‘lgan, ammo mukofot boshqa bir ijodkorga nasib qilgan.
Gotham Awards’ning 31-taqdirlash marosimi Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan. Ma’lumot uchun, ushbu mukofotga budjeti 35 milliondan kam bo‘lmagan loyihalargina nomzod bo‘lishi mumkin.
«Eng yaxshi film» yo‘nalishida Meggi Jillenxolning debyut ishi «Notanish qiz» (« The lost daughter») mukofotga loyiq deb topilgan. Ushbu filmda ona bo‘lganiga ancha bo‘lgan o‘rta yoshli ayolning ilk farzandli bo‘lgandagi kechinmalarni eslashi haqida hikoya qilinadi. 2020 yilda rejissyor Xloi Chjaoning «Ko‘chmanchilar mamlakati» («Nomadland») seriali eng yaxshi deb topilgan va keyinroq xuddi shu yo‘nalish bo‘yicha «Oskar»ga ham sazovor bo‘lgandi.
Jillenxol, shuningdek, «Eng yaxshi ssenariy» va «Rejissyorlar orasidagi yangilik» bo‘yicha ham mukofotni qo‘lga kiritgan. «Notanish qiz» («The lost daughter»)da bosh qahramonni gavdalantirgan Oliviya Kolman esa «Eng yaxshi bosh rol ijrosi» yo‘nalishi bo‘yicha mukofotni «Kennet Chemberlenning o‘ldirilishi» («Killing of Kenneth Chamberlain») filmida suratga tushgan Frenki Feyson bilan bo‘lishgan.
«Eng yaxshi xorijiy loyiha» deb esa Ryusuke Xamagutining «Mashinamni boshqar» («Drive my car») filmi topilgan. Syujetga ko‘ra, kartina qahramoni — teatr rejissyoriga Anton Chexovning «Vanya amaki» «(Dyadya Vanya») pesasini sahnalashtirish taklif qilinadi. U va uning qo‘l ostida haydovchi bo‘lib ishlaydigan qiz bilan o‘rtalarida munosabatlar paydo bo‘ladi. Avvalroq mazkur film fransuz jurnali Cahiers du Cinéma versiyasi bo‘yicha yil filmlarining o‘ntalik ro‘yxatidan o‘rin olgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi