6 048
Mukammal tashqi ko‘rinishga erishish uchun plastik jarrohlik o‘tkazgan mashhurlar (foto)
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda plastik jarrohlik tobora rivojlanmoqda. Kimdir plastik operatsiyadan keyingi yoki turli jarohatlar oqibatidagi chandiqlarni bartaraf etish uchun foydalansa, boshqalar burni, ko‘zi hamda boshqa a’zolarining shaklini o‘zgartirish maqsadida foydalanadi. O‘zbek shou-biznesi vakillari orasida ham chiroyli tashqi ko‘rinishga ega bo‘lish uchun plastik operatsiya qildirganlar kam emas.
Lola Yo‘ldosheva
Foto: Instagram / @lolaofficial_
Lola Yo‘ldoshevaning tashqi ko‘rinishiga qarab hech kim 37 yoshni qarshilagani va uch farzandni dunyoga keltirganiga ishonmaydi.
Ayni damda oilasi bilan Moskva shahrida istiqomat qilayotgan Lola Yo‘ldosheva mart oyida plastik jarrohlik amaliyotini boshidan o‘tkazdi. U go‘zal bo‘lish uchun asli o‘zbekistonlik, ammo Moskvada faoliyat yuritayotgan mashhur plastik jarroh Timur Hidirovga murojaat qildi. Xonanda Instagram sahifasiga shifokor bilan tushgan suratini joyladi va uchinchi tug‘uruqdan keyin mammoplastika qildirishga qaror qilganini aytib o‘tdi.
Ruxshona
Foto: Instagram / ruxshonaofficial
Mart oyida 28 yoshni qarshilagan xonanda Ruxshona tug‘uruqdan keyingi osilgan qorinni plastik jarrohlik yo‘li bilan oldirdi. Ammo u boshqa ijodkorlar singari jarrohlik uchun xorijdagi mashhur klinikalarni tanlamadi. U Buxoroga borib, jarrohlik amaliyotini boshdan o‘tkazdi.
— Buni anchadan buyon reja qilgandim. Chunki osilgan qorin terisini hech qanday muolaja bilan yo‘qotib bo‘lmaydi. Natijadan ko‘nglim to‘q, jarrohlik amaliyoti to‘rt soat davom etgan bo‘lsa-da, og‘riq sezmadim, — deydi xonanda Ruxshona.
Xonanda shu yilning 13 aprel kuni yana jarrohlik amaliyotini boshidan o‘tkazdi. Bu safar liposaksiya va mammoplastika amaliyotlarini qildirdi.
Munisa Rizayeva
Foto: Instagram
Xonanda Munisa Rizayeva shu kungacha faqatgina 2 marta jarrohlik amaliyotini boshidan o‘tkazganini ma’lum qilgan. Avvaliga ingichka labining shaklini, undan so‘ng rinoplastika bilan bog‘liq murakkab jarrohlik amaliyotini qildirishga qaror qilgan. U intervyularida avvalgi «sobiq» burni kadrda xunuk ko‘ringani va unga noqulaylik tug‘dirganini yashirmaydi.
Dilfuza Ismoilova
Foto: Kollaj
— Go‘zallik uchun qovoqlarimni oldirmaganman. O‘shanda qovog‘imga yara chiqib, qattiq og‘riq qolgandi. U bir necha kunda kattalashib, ko‘zimni ocholmay qolgandim. Shundan so‘ng shifokorlar qovoqlarimni oldirishni maslahat berishdi. Jarrohlikdan so‘ng ko‘z shaklim ham o‘zgargan. Ammo bu o‘zgarish menga juda yarashgan, — deydi xonanda Dilfuza Ismoilova.
Hosila Rahimova
Foto: Kollaj
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hosila Rahimova intervyularining birida 2012 yilda qovoq bilan bog‘liq plastik jarrohlik amaliyotini Turkiyada amalga oshirgan. Bu faqat go‘zallik uchun emas, sog‘ligi uchun ham zarur bo‘lganini aytadi.
Manzura
Foto: Kollaj
Xonanda Manzura ham ikki marta plastik jarrohlik amaliyotini qo‘llab ko‘rgan. U ilk marta qovoqlarini oldirgan. Undan so‘ng esa labining shaklini ham o‘zgartirgan. Shou-biznes vakillari xonanda qomatiga ham jiddiy o‘zgartirish kiritganini taxmin qilishadi. Ammo xonanda bu haqda biror marta ma’lumot bermagan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Google'ning Gemini chatboti foydalanuvchiga o‘lim tiladi