Uchrashuvda prezident asosiy qonunga qator normalarni kiritish bo‘yicha takliflar ilgari surdi. Zamin.uz ushbu takliflarni sanab o‘tadi.
Fuqarolarning huquq va erkinliklari yo‘nalishida:
- O‘zbekiston fuqarosi mamlakat bo‘ylab erkin harakatlanish, turar yoki yashash joyini erkin tanlash huquqiga ega (propiska cheklovlari qaytib hech qachon tiklanmaydi);
- har bir fuqaroga mamlakatdan to‘siqlarsiz chiqish va qaytish huquqi kafolatlanadi;
- shaxsiy hayot daxlsizligi kafolatlanadi;
- majburiy mehnat va bolalar mehnatiga yo‘l qo‘yilmaydi;
- har bir shaxs qulay mehnat sharoitida ishlash, mehnati uchun munosib haq olish huquqiga ega;
- mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori insonning o‘zi va oilasi hayot kechirishi uchun yetarli miqdorda bo‘lishi kerak.
Tadbirkorlik va yerga oid masalalar:
- Xususiylashtirish natijalari qayta ko‘rib chiqilmaydi va bekor qilinmaydi;
- davlat tovarlar, xizmatlar, ishchi kuchi va moliyaviy mablag‘lar erkin harakatlanishi, ichki va xalqaro savdo rivojlanishi uchun barcha sharoitlarni yaratishi kerak;
- tadbirkorlar qonunchilikda taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirishga, cheklanmagan miqdorda daromad olishga haqli;
- davlat xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik va investitsiyaviy muhit hamda sharoitlarni ta’minlashi, erkin va halol raqobatni himoya qilishi, iqtisodiy faoliyatda monopollashtirishga yo‘l qo‘yilmasligini kafolatlashi lozim;
- yer xususiy mulk bo‘lishi mumkin; qishloq xo‘jaligi yerlari va o‘rmon fondi davlat tasarrufida qoladi hamda tadbirkorlik sub’ektlariga ijara shartnomasi asosida beriladi.
Sud-huquq sohasida:
- “Miranda qoidasi”: shaxsni ushlash chog‘ida uning huquqlari va nima sababdan ushlangani sodda tilda tushuntirish berish shart;
- “Xabeas korpus” instituti: shaxs sudning qaroriga qadar ko‘pi bilan 48 soatdan ortiq ushlab turilishi mumkin emas;
- o‘lim jazosi taqiqlanadi;
- shaxsning sudlanganligi va undan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoshlari huquqlarini cheklashga asos bo‘lishi mumkin emas;
- mahbuslarga nisbatan insoniy munosabat va ularning qadr-qimmati ta’minlanishi shart;
- ma’muriy, fuqarolik, iqtisodiy, jinoiy javobgarlik va boshqa yo‘nalishdagi ishlarni ko‘rib chiqishda insonga nisbatan qo‘llaniladigan huquqiy ta’sir choralari – qonuniy maqsadga erishish uchun yetarli bo‘lishi hamda shaxsga imkon qadar yengillik yaratishi kerak;
- sudning qarorisiz hech kim uy-joyidan mahrum qilinmasligi kerak; imorat buzilishga tushganda buzishdan oldin uning qiymatiga mos kompensatsiya to‘lanishi shart;
- uy-joyga yoki shaxsning boshqa mol-mulkiga uning ruxsatisiz kirish, ularni ko‘zdan kechirish va tintuv o‘tkazishga faqat qonunda belgilangan holat va tartibda yo‘l qo‘yiladi.
Davlat boshqaruvi:
- 100 ming kishidan kam bo‘lmagan miqdordagi fuqarolar guruhiga o‘z qonunchilik takliflarini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish huquqi beriladi;
- hokimlar va mahalliy kengashlar vakolati ajratiladi;
- davlat organlari ochiq, shaffof, hisobdor, ixcham va tejamkor bo‘lishi kerak;
- Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbarini tayinlash bo‘yicha prezident farmoni Senat tomonidan tasdiqlanadi;
- Hisob palatasi raisini lavozimga tayinlash va ozod qilish vakolati prezidentdan Senatga o‘tkaziladi;
- mahallalar davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi, joylardagi mahalliy ahamiyatga molik masalalarni mustaqil hal etish vakolatiga ega.
Tashqi siyosat:
- O‘zbekiston barcha davlatlar, eng avvalo o‘zining yaqin qo‘shnilari bilan tinchlikparvar va do‘stona siyosat yuritadi;
- O‘zbekistonning tashqi siyosati inson huquqlari va erkinliklarini hurmat qilish, davlatlarning hududiy yaxlitligi prinsip va normalariga asoslanadi;
- davlat chet elda yashayotgan va ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolari hamda vatandoshlar bilan muntazam aloqalarni saqlab qolishi va rivojlantirishi lozim.
Oila instituti:
- Oila ayol va erkakning (amaldagi Konstitutsiyada “tomonlarning” deyilgan) ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligi asosida shakllanadi;
- homiladorligi yoki yosh bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ishdan bo‘shatish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanadi;
- ko‘p bolali oilalarga imtiyoz va ijtimoiy kafolatlar beriladi;
- ota-onalar o‘z farzandlari voyaga yetguniga qadar ularning tarbiyasi, ta’lim olishi, sog‘lig‘i, to‘laqonli va barkamol rivojlanishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish huquqiga ega va bunga majburdir;
- davlat jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishi lozim;
- davlat yoshlarni ma’naviy va axloqiy yetuk insonlar etib tarbiyalash uchun sharoit yaratishi lozim.
Ta’lim, tibbiyot, ekologiya:
- Pedagog xodimlarning kasbiy faoliyatiga aralashish, ularning xizmat majburiyatlarini bajarishiga to‘sqinlik qilishga yo‘l qo‘yilmaydi;
- davlat maktabgacha ta’lim, maktab va oliy ta’lim tizimini, turli mulk shaklidagi, jumladan, xususiy ta’lim muassasalarini rivojlantirish uchun zarur sharoitlar yaratib berishi lozim;
- “Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega” degan umumiy norma kengaytiriladi;
- ekologik-huquqiy normalar kengaytiriladi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari:
- Nogironligi bo‘lgan shaxslarni har qanday ajratib qo‘yish, ularning huquqlarini cheklash, ob’ektlar va xizmatlardan foydalanishi uchun shart-sharoitlar yaratishdan bosh tortish taqiqlanadi;
- davlat ularning huquq va erkinliklari ta’minlash uchun sharoit yaratadi;
- alohida e’tiborga muhtoj bolalar uchun inklyuziv ta’lim tashkil etiladi.
Shuningdek, prezident Konstitutsiyaga kambag‘allikni qisqartirishni va ijtimoiy himoya bo‘yicha qator normalar kiritishni ham ilgari surdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»