06:00 / 10.08.2023
261

O‘zbekistonda o‘g‘il bolalar qizlarga nisbatan ko‘p tug‘ilyapti

O‘zbekistonda o‘g‘il bolalar qizlarga nisbatan ko‘p tug‘ilyapti

Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda shu yilning dastlabki 6 oyi davomida o‘g‘il bolalar qizlarga nisbatan 16 ming 300 ta ko‘p tug‘ilgan.

Infografika: Statistika agentligi

Tug‘ilgan chaqaloqlar soni

2023-yil yanvar—iyun oylarida tirik tug‘ilganlar soni 434,5 ming kishini tashkil etdi. Shundan o‘g‘il bolalar 225,4 ming, qizlar 209,1 ming nafar. Tirik tug‘ilganlar soni shahar joylarida 225,6 ming kishini, qishloq joylarida 208,9 ming kishini tashkil etdi. 

Infografika: Statistika agentligi

Jami tug‘ilgan chaqaloqlarning 97,7 foizi 1 nafardan, 2,2 foizi 2 nafardan, 0,1 foizi 3 va undan ortiq nafardan dunyoga kelgan. Hisobot davridagi barcha oylarda tug‘ilishlar soni bo‘yicha o‘g‘il bolalar oldinda. Xususan, may oyida eng ko‘p chaqaloq tug‘ilgan bo‘lib, 42 ming 9 nafar o‘g‘il bolalar, 39 ming 129 nafar qizlar dunyoga kelgan.

Chaqaloqlar ota-onalarining yoshi

Infografika: Statistika agentligi

I yarim yillikda tug‘ilgan 83,7 foiz chaqaloqlarning otalari 25-39 yoshli, 9,6 foiziniki 25 yoshgacha, 6,7 foiziniki 40 va undan katta yoshdagilar hissasiga to‘g‘ri kelgan. Tug‘ilgan 62,3 foiz chaqaloqlarning onalari 25-39 yoshli, 36,5 foiziniki 25 yoshgacha hamda 1,2 foiziniki 40 va undan katta yoshdagilardan iborat bo‘lgan.

Tug‘ilishdagi o‘sish surʼati

Olti oy ichida respublikada eng ko‘p chaqaloqlar Samarqand viloyatida tug‘ilgan — 51 ming 931 nafar. Shuningdek, mazkur davrda Farg‘ona (48 ming 118 nafar) va Andijon (39 ming 319 nafar) viloyatlarida ham nisbatan ko‘proq bolalar tug‘ilgan. Yarim yil davomida eng kam tug‘ilish Navoiy viloyatida qayd etilgan — 12 813 nafar chaqaloq.

Infografika: Statistika agentligi

Tug‘ilishlarning o‘sish surʼati eng yuqori darajasi Toshkent shahri, Xorazm, Jizzax, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida kuzatilgan. Eng past o‘sish esa Toshkent, Sirdaryo, Andijon, Samarqand viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida yuz bergan.

Maʼlumot uchun, O‘zbekistonda shu yilning yanvar—iyun oylarida tug‘ilgan chaqaloqlar soni (434,5 ming nafar) so‘nggi to‘rt yildagi eng yuqori o‘sishni tashkil etdi. Xususan, 2020-yilning dastlabki 6 oyida 365,6 ming nafar, 2021-yilning 1-yarmida 390,7 ming, 2022-yil yanvar—iyun oylarida 413,6 ming nafar chaqaloqlar tug‘ilgandi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda o‘g‘il bolalar qizlarga nisbatan ko‘p tug‘ilyapti