13:34 / 19.10.2023
69

Aziz Abduhakimovning UNWTO Bosh Assambleyasi 25-yubiley sessiyasi doirasidagi Global ta’lim forumidagi nutqi

Aziz Abduhakimovning UNWTO Bosh Assambleyasi 25-yubiley sessiyasi doirasidagi Global ta’lim forumidagi nutqi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishivaziri Aziz Abduhakimovning UNWTO Bosh Assambleyasi 25-yubiley sessiyasi doirasidagi Global ta’lim forumida so‘zlagan nutqi

Hurmatli forum ishtirokchilari!

Hurmatli delegatlar, xonimlar va janoblar!

Barchangizni Global ta’lim forumi (“UNWTO Global Forum onEducation: The Foundation for Building Tourism”) bilan tabriklash mengamamnuniyat bag‘ishlaydi. Ushbu muhim tadbir sivilizatsiyalar chorrahasida, muhtasham tarixiy Samarqand shahrida o‘tayotgan UNWTO Bosh Assambleyasining 25-sessiyasi doirasida tashkil etildi.

Samarqand bir vaqtlar Ipak yo‘lidagi ilm-fan va ta’lim markazibo‘lgan. Registon — O‘zbekistondagi eng mashhur sayyohlik maskani — ta’limtimsoli. Maydondagi uchta bino ham madrasalar, ilm maskanlari bo‘lib, ular bundan 500 yil avval dunyoning eng buyuk universitetlaridan birihisoblangan va o‘quv dasturlari kengligi va teranligi, ulamolariningzukkoligi bilan islom olamiga mashhur bo‘lgan.

Bugun Samarqand gullab-yashnayotgan zamonaviy shahar bo‘lib, hali hamta’limni yuksak qadrlaydi va biz ushbu muhim tadbirga mezbonlikqilishdan faxrlanamiz.

Ta’lim, kadrlar tayyorlash va ilmiy tadqiqotlar Butunjahon turizm tashkiloti tomonidan turizm yo‘nalishlarining barqarorligi varaqobatbardoshligini ta’minlashning muhim omillaridan biri sifatidae’tirof etilgan.

Shubhasiz, ta’lim BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlaridaturizm va boshqa barcha sohalar uchun belgilangan ulkan maqsadlargaerishishning asosiy ustunidir.

O‘zbekistonda turizm bo‘yicha ta’limga, xususan, o‘quvchilarga bilimberish va ularni malakali kadr qilib tayyorlashga katta ahamiyat qaratilgan.

Faqat turizm ta’limiga sarmoya kiritish orqali raqobatbardosh vabarqaror bozor talablariga javob beradigan inson kapitali bazasinita’minlashimiz mumkin. Shuning uchun oldimizda turgan eng dolzarbmuammolarni ochiq muhokama qilish muhim hisoblanadi. 

Hurmatli ishtirokchilar,

2016 yilda turizmga yo‘naltirilgan ilk islohotlar boshlanganidanbuyon O‘zbekiston turizm sohasini rivojlantirish va dunyoga ochilishdasezilarli yutuqlarga erishdi.

O‘zbekiston hukumati yangi viza siyosatini joriy qildi, infratuzilmani yaxshiladi hamda turizm salohiyatini oshirish va ta’limgasarmoya kiritdi. Shuningdek, biz to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydik vamarketing kampaniyalarida xalqaro media korporatsiyalar bilan hamkorlikqildik.

Bunday keng ko‘lamli islohotlar samarasida O‘zbekistonda turizm sohasi jadal sur’atlar bilan o‘sib, rivojlanib bormoqda.

So‘nggi uch yilda ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalari soni 16 tadan 30 taga, talabalar soni esa 4100 nafardan 11500 nafarga ko‘paydi. Ilmiy xodimlar va mutaxassislar soni ham ortdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevningtashabbusi va hukumat qarori bilan 2018 yilda Samarqand shahrida «Ipakyo‘li» xalqaro turizm va madaniy meros universiteti tashkil etildi. Universitetda logistika, ekskursiya, tarjima, arxeologiya, ijodiyindustriya, madaniy meros, gastronomiya va boshqa ko‘plab yo‘nalishlarbo‘yicha ta’lim berilmoqda.

AQSH, Yaponiya, Avstraliya, Xitoy, Italiya, Hindiston va boshqamamlakatlardagi taniqli universitetlardan yetakchi professor-o‘qituvchilartaklif qilingan. Bizda 20 dan ortiq xorijlik o‘qituvchilar mavjud bo‘lib, ular mahalliy xodimlar tajribasini oshirishga va dasturlarimizga globalnuqtai nazarni singdirishga hissa qo‘shadilar.

Universitet tashkil etilganiga atigi 5 yil bo‘lganiga qaramay, mamlakatimizdagi yetakchi turizm ta’lim muassasalaridan biriga aylandi. Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) kabi mintaqaviy tashkilotlartomonidan ham e’tirof etilgan.

Universitet Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi(TİKA), Germaniya xalqaro hamkorlik agentligi (GIZ) va Shveytsariyataraqqiyot va hamkorlik agentligi, TurkTAV jamg‘armasi va boshqarivojlanayotgan tashkilotlar bilan hamkorlik qilib, o‘z tarmog‘i vata’sirini faol ravishda kengaytirmoqda.

Xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun yetakchi mehmonxonabrendlari bilan qo‘shma dasturlar allaqachon boshlangan.

Bu kabi hamkorliklar orqali biz 10 ta namunaviy xonadan iboratmehmonxona va mehmondo‘stlik muassasasini tashkil etdik va u yerdatalabalar uchun amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Biz mashg‘ulotlar maksimaldarajada samara berishi uchun «murabbiylarni tayyorlash» konsepsiyasigaamal qilamiz.

Mamlakat bo‘ylab turizm va mehmondo‘stlikka ixtisoslashgan 12 ta kollej va texnikum faoliyat ko‘rsatmoqda. Prezident qaroriga ko‘ra, joriyyilda turizm sohasidagi kasbiy malaka oshirish kurslari to‘lovdan ozodetildi.

Shuningdek, biz Samarqand shahridagi 20 ta mahalliy maktabdao‘quvchilarning O‘zbekiston va xorijdagi turizm hamda madaniy meros'haqidagi bilimlarini shakllantirishga qaratilgan turizm soatinitajribadan o‘tkazmoqdamiz.

UNWTO bilan hamkorlikda ushbu dasturni ilg‘or jahon amaliyotigaasoslangan holda yanada rivojlantirish va uni Buxoro, Xiva, Shahrisabz vaO‘zbekistonning boshqa turistik yo‘nalishlaridagi maktablar o‘quvdasturlariga kiritish tarafdorimiz.

Eng muhimi, bu hafta Samarqandda UNWTO bilan hamkorlikdafaoliyat yuritadigan Xalqaro Turizm Akademiyasi ishga tushiriladi. Bosh kotib allaqachon yangi akademiya joylashgan binoga tashrif buyurdi. Ishonchim komilki, bu nafaqat talabalar va O‘zbekiston turizm sanoati, balki UNWTOga a’zo boshqa ko‘plab davlatlarning turizm sanoati uchun hamfoydali bo‘ladi.

Ushbu forumga qiziqish bildirganingiz va faol ishtirokingiz uchunsamimiy minnatdorligimni bildirmoqchiman. Tadbir davomida barchadelegatlarni munozaralarda ishtirok etishga va o‘zlarining qimmatlig‘oyalari, qarashlari va tajribalari bilan o‘rtoqlashishga chaqiraman. 

Yana bir bor barcha delegatlarga UNWTO Bosh Assambleyasining 25-yubiley sessiyasi uchun Samarqandga tashrif buyurganliklari uchunminnatdorlik bildirmoqchiman.

E’tiboringiz uchun rahmat!


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Aziz Abduhakimovning UNWTO Bosh Assambleyasi 25-yubiley sessiyasi doirasidagi Global ta’lim forumidagi nutqi