Toshkent viloyatida isitish va issiq suv narxlari oshadi

1 daqiqa o'qish1.1K
Toshkent viloyatida isitish va issiq suv narxlari oshadi
2025-yil 1-fevraldan boshlab Toshkent viloyatida aholiga taqdim etiladigan isitish va issiq suv xizmatlari tariflari 9−15 foizga oshiriladi. Bu haqda viloyat kengashi tomonidan 6-yanvar kuni tasdiqlangan qarorga tayanilib "Gazeta.uz" xabar berdi.

Mazkur oʻzgarishlar «Issiqlik manbai», «Angren issiqlik energiyasi», «Chirchiq issiqlik energiyasi» va «Olmaliq issiqlik manbai» korxonalarining xizmatlariga taalluqli.

Masalan, «Issiqlik manbai» korxonasi xizmat koʻrsatayotgan hududlarda, jumladan Zangiota, Qibray, Ohangaron, Toshkent, Boʻstonliq, Yuqorichirchiq tumanlari va Yangiyo‘l, Nurafshon, Bekobod, Ohangaron, Piskent shaharlarida aholi uchun issiqlik energiyasi narxi 14,9 foizga oshib — 81 312 soʻmdan 93 464 soʻmga (QQS bilan) koʻtariladi.

Shuningdek, hisoblagich borida 1 kub metr issiq suv narxi 4472,16 soʻmdan 5144,16 soʻmga (15 foizga), hisoblagichsiz esa bir kishiga toʻgʻri keladigan toʻlov 17 466,4 soʻmdan 20 076,11 soʻmga koʻtariladi.

Boshqa tashkilotlar va korxonalar uchun tariflar ancha oshiriladi. Misol uchun, byudjet tashkilotlari uchun isitish narxi toʻrt barobar koʻtarilib, 560 000 soʻmga etadi, ulgurji iste'molchilar uchun esa ikki yarim barobar oshib, 358 400 soʻmni tashkil etadi.

Eslatib oʻtamiz, 2024-yil noyabr oyida Toshkent shahrida ham issiq suv va isitish tariflari 15 foizga oshirilgan edi. Shu bilan birga, 2025-yilda mamlakat boʻylab bu tariflarni yiliga ikki marta oshirish rejalashtirilgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?