Toshkent aeroportida mushuklar uchun maxsus uychalar paydo boʻldi
1 daqiqa o'qish445

Toshkent xalqaro aeroporti hududiga koʻcha mushuklari uchun maxsus kotouychalar oʻrnatildi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar berdi.
Uychalar aeroportning yashil hududi — yoʻlovchi zali va asosiy terminal binosi orasidagi maydonga joylashtirilgan. Loyihalash jarayonida uychalarning materiallariga alohida e'tibor qaratilgan: ular antivandal, yongʻinga chidamli va ekologik toza. Qishda sovuq kunlar uchun isitish tizimi, yozda esa ventilyatsiya tizimi oʻrnatilgan.
Mas'ullar mushuklarning foydali xususiyatlariga e'tibor qaratib, ularning nafaqat estetik zavq berishini, balki kemiruvchilarga, jumladan, sichqon va kalamushlarga qarshi samarali yordamchi ekanligini ta'kidlashdi.

- #Toshkent Xalqaro
- #Mushuklar Uychalari
- #Antivandal Materiallar
- #Yongʻinga Chidamli
- #Ekologik Toza
- #Samarali Yordamchi
Maqola sizga yoqdimi?
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

Izohlar0
…