“Beshagach” bozorining oʻrnida biznes markaz qurilishi rejalashtirilmoqda
1 daqiqa o'qish558

Toshkent shahridagi “Beshagach” bozorining oʻrnida biznes markaz qurilishi taklif etildi.
Chilonzor tumani hokimi oʻrinbosari Abduhamid Abdukodirov va Turkiyaning Albayrak Holding kompaniyasi oʻrtasida oʻtkazilgan muzokaralarda mazkur loyiha ilgari surildi. Hokimiyat ma'lumotiga koʻra, loyiha hozircha faqat muhokama bosqichida boʻlib, uni amalga oshirish boʻyicha aniq reja, muddat va xarajatlar hali belgilanmagan.
Muzokaralar onlayn shaklda boʻlib oʻtdi, unda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi vakillari ham ishtirok etdi. Tuman hokimiyati loyihani yana koʻrib chiqish rejalashtirilganini bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalardan soʻng hokimiyat shunday aniqlik kiritdi: “Hozircha turk kompaniyasi tomonidan ilgari surilgan taklif oʻrganilmoqda. Agar shunga oʻxshash boshqa takliflar tushsa, hokimiyat investorlar bilan hamkorlikka tayyor.”
“Beshagach” bozori hududi Furqat va Beshagach koʻchalari kesishgan joyda joylashgan boʻlib, 1930-yillarda qurilgan uylar bilan oʻralgan.
Shu bilan birga, boshqa loyihalar doirasida “Askiya” bozori va Yunusobod bozorlarida zamonaviy majmualar qurilishi rejalashtirilgan. Ulardan biri – “Askiya” bozorida savdo va xizmat koʻrsatish markazi, yashil hudud, mehmonxona va avtoturargohlar qurilishi rejalashtirilgan.

- #Beshagach Bozori
- #Toshkent Shahri
- #Biznes Markaz
- #Muzokaralar Oʻtkazildi
- #Ijtimoiy Tarmoqlar
- #Yunusobod Bozori
Maqola sizga yoqdimi?
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

Izohlar0
…