Toshkent shahrida 4 nafar egizak chaqaloqlar dunyoga keldi (video)

Toshkent shahrida 4 nafar egizak chaqaloqlar dunyoga keldi (video)
Foto: Videodan kadr
Toshkent shahrida 4 nafar egizak chaqaloqlar dunyoga keldi. Bu haqda «Millar» dasturi xabar berdi.

Ta'kidlanishicha, yosh oila asli Surxondaryodan boʻlib, chaqaloqlar shifokor nazoratida boʻlishi uchun Toshkent shahriga kelgan.

Mazkur oilaning farzandlari soni 5 nafarga yetdi, ularning 2 yoshli qizi ham bor.

Yangi tugʻilgan bolalar ikki oʻgʻil va ikki qiz boʻlib, ularga Muhammad, Mustafo, Sumayya va Safiya ismlari qoʻyildi. Ayni vaqtda ular sogʻlom ekani ta'kidlanmoqda.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar