Faxriy donorlar uchun yangi imtiyozlar joriy etildi

1 daqiqa o'qish756
Faxriy donorlar uchun yangi imtiyozlar joriy etildi
Faxriy donorlar uchun yangi imtiyozlar joriy etildi

Oliy Majlis Senati donorlik harakatini qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonunni qabul qildi, deb xabar bermoqda parlament matbuot xizmati.

Yangi qonunga muvofiq, “Faxriy donor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan fuqarolar bir martalik pul mukofoti olishadi. Endilikda ushbu mukofot miqdori 15 BHM (5,6 million so‘m) etib belgilandi. Avval bu miqdor 5 BHM (1,8 million so‘m) edi.

Faxriy donorlar o‘zlari uchun qulay vaqtda yillik mehnat ta’tiliga chiqishlari, shahar yo‘lovchi transportidan (marshrutka va liniyali taksilardan tashqari) bepul foydalanishlari va sanatoriy-kurort yo‘llanmalarini navbatsiz olishlari mumkin.

Shuningdek, mahalliy hokimiyat organlari aholida bepul donorlik madaniyatini shakllantirish, donorlik harakatini keng jamoatchilik ishtirokida rivojlantirish va donorlar uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?