7 625
Toshkentda noqonuniy sotib olingan 20 ming dollarni chet elda naqdlashtirgan huquqbuzarlar aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi SVOJJDLQK departamentining Sergeli tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyutafurushlikni kasb qilgan huquqbuzarlarning qilmishlari fosh etildi, deb xabar beradi «Huquq» nashri.
Xususan, bir fuqaro ayrim nomalum shaxslar bilan jinoiy til biriktirib, oldindan tanish va notanish bo‘lgan shaxslarni yollab, dastlab fuqarolik pasportlaridan foydalangan holda ularning nomiga xalqaro valyuta to‘lov plastik kartochkalarini ochishga erishgan. Shundan so‘ng, valyuta mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan o‘rnatilgan rasmiy kursda sotib olib, chet el davlatlarida faoliyat yuritadigan savdo do‘konlarida naqdlashtirib, transaksiya operasiyasini amalga oshirgan.
Yangi jinoiy rejalarni amalga oshirishda unga bir ayol yaqindan yordam bergan. Shu tariqa, huquqbuzar 10 nafar yollanma fuqaroning har biriga 2000 AQSh dollari sotib olishi uchun 4 million 400 ming so‘mdan jami 44 million so‘mdan ziyod naqd pul mablag‘larini berib, fuqarolik pasportlaridan foydalangan holda ularning nomiga Sergeli tumanida joylashgan banklarning birida 10 ta xalqaro valyuta kartochkasini ochgan.
O‘tkazilgan tezkor tadbirda «ustomon»larning jami 20 ming AQSh dollari miqdoridagi valyuta mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan o‘rnatilgan rasmiy kursda sotib olib, chet elda naqdlashtirib, transaksiya operasiyasini amalga oshirgani aniqlandi.
Manba: www.daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Rossiyaning yangilangan yadroviy doktrinasini tasdiqladi
Shavkat Mirziyoyev Senat oldida turgan muhim vazifalarni aytdi