12:52 / 13.11.2016
7 994

Bugun, 13 noyabrda o‘zbekistonliklar 70 yil ichidagi eng katta Oyni kuzatishlari mumkin bo‘ladi

Bugun, 13 noyabrda o‘zbekistonliklar 70 yil ichidagi eng katta Oyni kuzatishlari mumkin bo‘ladi

NASA ma’lumotlariga ko‘ra, 13 noyabrdan 14 noyabrga o‘tar kechasi Oy Erga 1948 yildan beri eng qisqa masofaga yaqinlashadi. Bu holat Superoy deb ataladi va keyingi bunday ajoyib manzarani faqatgina 2034 yildagina kuzatish mumkin bo‘ladi.

"Samarkandskiy vestnik" nashri tahririyati Samarqand davlat universiteti fizika fakeltuti astronomiya kafedrasi assissenti Shuhrat Egamberdievdan bu tabiiy hodisaga izoh berishni so‘radi.

"Ma’lumki, Oy sayyoramiz atrofida ellipssimon orbita bo‘ylab harakat qiladi. Oyning sayyoramizga nisbatan yaqinlashishi va uzoqlashishi shu bilan tushuntiriladi. Yakshanbadan (13 noyab) dushanbaga (14 noyabr) o‘tar kechasi Oy Erga maksimal darajada yaqinlashadi, ya’ni perigeyda joylashadi. Bunday hodisa oxirgi marta 1948 yilda kuzatilgandi. Biz samarqandlik astronomlar Sattepoda joylashgan ilmiy-o‘quv markazida bu hodisani kuzatmoqchimiz. U erda kuchli GRUBB-PARSONS teleskopi joylashgan.

Biroq bizning viloyatdagi ko‘pchilik odamlar teleskopsiz ham soat 21:50dan 4:15gacha bu noyob hodisasining guvohi bo‘lishlari mumkin bo‘ladi. Oy tongga yaqin Erga 351722 km gacha yaqinlashadi. Bu hodisa vaqtida Oy odatdagidan 14 foizga kattaroq va 30 foiz yorqinroq bo‘ladi.

Hammani tinchlantirib qo‘ya qolay, bu hodisa hech qanday tabiiy o‘zgarishlarga olib kelmaydi. Oy 14 noyabrdan yana bizdan olislasha boshlaydi", deb tushuntirdi mutaxassis.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Bugun, 13 noyabrda o‘zbekistonliklar 70 yil ichidagi eng katta Oyni kuzatishlari mumkin bo‘ladi