O‘zbekistonda pedagoglar uchun sirtqi ta’lim bekor qilinadi

1 daqiqa o'qish5.1K
O‘zbekistonda pedagoglar uchun sirtqi ta’lim bekor qilinadi
O‘zbekistonda pedagog kadrlar tayyorlash tizimiga muhim o‘zgarishlar kiritiladi, deb xabar bermoqda nova24.uz hukumat qaroriga asoslanib.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarida pedagoglarni faqat kunduzgi va kechki shaklda o‘qitish tashkil etiladi. Sirtqi ta’lim shakliga qabul to‘xtatiladi.

Pedagogik yo‘nalishda xususiy ta’lim xizmatlari faqat Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining xulosasiga asosan litsenziya oladi.

Yangi o‘quv yilidan boshlab xalqaro ta’lim dasturlari bo‘yicha professor-o‘qituvchilar tanlovi yo‘lga qo‘yiladi, xorijiy mutaxassislar jalb qilinadi.

Shuningdek, maxsus ehtiyojli bolalar ta’limini rivojlantirish maqsadida “Gospital pedagogika” magistratura yo‘nalishi ochiladi.

2026 yil 1 sentyabrdan boshlab pedagogika texnikumlarida xalqaro ta’lim dasturlari bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?