OTB O‘zbekistonda moliyaviy inklyuziyaga $400 mln ajratadi

1 daqiqa o'qish290
OTB O‘zbekistonda moliyaviy inklyuziyaga $400 mln ajratadi
2025-yilda Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznes uchun inklyuziv moliyalashtirish dasturlariga $400 million sarmoya kiritadi, deb Kursiv OTB matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.

Dasturning maqsadi — tadbirkorlik uchun ochiq kreditlash imkoniyatlari va bank xizmatlarining inklyuziv shakllarini rivojlantirishdir. Ushbu loyihada “Xalq banki”, “Biznesni rivojlantirish banki” hamda Tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazi hamkorlik qiladi.

OTBning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Kanokpan Lao-Araya bank mamlakatdagi tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishini ma’lum qildi.

Avvalroq OTB O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda ham ishtirok etgan. Bank mazkur strategiya amalga oshishi orqali mahalliy kompaniyalar raqobatbardoshligi oshishiga umid qilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?