
30, 31 may va 1 iyun kunlari O‘zbekistonda “qizil” darajadagi magnit bo‘roni kuzatiladi, deb xabar bermoqda Nova24.uz Meteoagent ma’lumotlariga asoslanib.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 30 may kuni geomagnit buzilishlarning maksimal kuchi 6 ballni tashkil etadi. Geota’sirlar cho‘qqisi soat 08:00 va 14:00 atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Kechga borib Quyosh faolligi biroz pasayishi mumkin.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, magnit bo‘ronlarining ta’siri ayniqsa yurak-qon tomir, asab tizimi, qandli diabet va bronxial astma bilan kasallanganlar, shuningdek, ob-havo o‘zgarishiga sezuvchan odamlarda kuchliroq sezilishi mumkin. Meteopatiya alomatlari (ob-havo sababli og‘riqlar) paydo bo‘lishi ehtimoli bor.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar