date
views 467

1- avgustdan haydovchilar uchun jarimalar jiddiy oshib ketadi

1- avgustdan haydovchilar uchun jarimalar jiddiy oshib ketadi
O‘zbekistonda haydovchilar uchun yo‘ldagi mas’uliyat yanada oshmoqda. 2024- yil 1- avgustdan boshlab bazaviy hisoblash miqdori (BHM) 375 ming so‘mdan 412 ming so‘mga ko‘tarilishi munosabati bilan qator ma’muriy jarimalar ham avtomatik ravishda ortishi kutilmoqda.

Endilikda yo‘l harakati qoidalarini buzish “qimmatga tushishi” aniq. Har bir qoidabuzarlik uchun belgilangan jarima miqdori oshirildi. Quyida eng asosiy o‘zgarishlar bilan tanishing:

1. Xavfsizlik kamarini taqmaslik — 206 ming so‘m (avval 187,5 ming so‘m);
2. Avtomobilda dori-darmon qutisi, o‘t o‘chirgich va boshqa majburiy jihozlarsiz yurish — 206 ming so‘m;
3. Yo‘l belgilariga rioya qilmaslik yoki piyodalar yo‘lakchasida harakatlanish — 206 ming so‘m;
4. Hujjatsiz yurish — 412 ming so‘m;
5. Sug‘urtasiz transport boshqarish — 412 ming so‘m;
6. Qizil chiroqda o‘tish — 824 ming so‘m;
7. Belgilanmagan joyda to‘xtash — 824 ming so‘m;
8. Rulda telefondan foydalanish yoki gaplashish — 1 mln 236 ming so‘m;
9. Davlat raqam belgisiz yurish — 2 mln 60 ming so‘m.

Tezlik me’yorlarini buzganlar uchun esa jarimalar yanada jiddiy:

- 20 km/soatgacha tezlik oshirilsa — 412 ming so‘m;
- 20–40 km/soatgacha — 2 mln 60 ming so‘m;
- 40 km/soatdan ortiq bo‘lsa — 3 mln 708 ming so‘m.

Eng og‘ir jazolar esa mast holatda transport boshqarganlarga tegishli:

- Mastlik holatida tibbiy ko‘rikdan bosh tortsa — 6 mln 180 ming so‘m va 3 yilgacha haydovchilik huquqidan mahrum qilish;
- Mast holda mashina boshqarganlik uchun — 10 mln 300 ming so‘m va 3 yilgacha huquqdan mahrum etish.
- Shu bilan birga, qarama-qarshi harakat yo‘lakchasiga chiqish — 4 mln 120 ming so‘m jarimaga sabab bo‘ladi.

Mutasaddilar ta’kidlashicha, mazkur choralar yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, baxtsiz hodisalarning oldini olish hamda haydovchilarni mas’uliyatliroq bo‘lishga undashga qaratilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 1- avgustdan haydovchilar uchun jarimalar jiddiy oshib ketadi