Janubiy Koreya Toshkent–Andijon pullik yo‘l qurilishida ishtirok etadi

1 daqiqa o'qish8.9K
Janubiy Koreya Toshkent–Andijon pullik yo‘l qurilishida ishtirok etadi
O‘zbekistonda Toshkent — Andijon yo‘nalishida qurilishi rejalashtirilayotgan pullik avtomagistral loyihasida Janubiy Koreya ishtirok etishi mumkin, deb xabar berdi UPL.uz.

2025 yil 6 iyun kuni Transport vaziri o‘rinbosari Ilhomjon Abdug‘afurov Janubiy Koreyaning yer resurslari, infratuzilma va transport vaziri Pak Sang U hamda Korea Expressway Corporation rahbari Ham Jingyu bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda transport sohasidagi hamkorlik va yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Koreya tomoni O‘zbekistonda magistral yo‘l boshqaruvi, aqlli svetoforlar, sun’iy intellekt asosidagi harakat nazorati tizimlarini joriy etishni taklif etdi. Shuningdek, texnik yordam ko‘rsatish va mahalliy mutaxassislarni tayyorlashni ham taklif qildi.

Janubiy Koreya Toshkent–Andijon pullik magistral yo‘li loyihasida davlat-xususiy sheriklik asosida ishtirok etish niyatini bildirdi. Korea Expressway Corporation o‘zining aqlli to‘lov tizimlari, trafik monitoring datchiklari va boshqa raqamli yechimlarini taklif qilmoqda.

Yo‘lning umumiy uzunligi 314 km bo‘lib, u orqali safar vaqti 5 soatdan 3 soatgacha qisqaradi. Mutaxassislarning hisob-kitobiga ko‘ra, ushbu loyiha O‘zbekiston YAIMini 2,6% ga oshirishi, yo‘l-transport hodisalarini esa 40% ga kamaytirishi mumkin.

Loyiha Jahon banki ko‘magida ishlab chiqilgan va 2025 yil yanvarda xalqaro tender e’lon qilingan. 30 dan ortiq xorijiy kompaniyalar qiziqish bildirgan va arizalar 21 iyungacha qabul qilinadi.

Yo‘l infratuzilmasini to‘liq raqamlashtirish maqsadida aqlli svetoforlar, real vaqtda nazorat tizimlari joriy etilishi rejalashtirilgan. Janubiy Koreya, shuningdek, kadrlar tayyorlash uchun maxsus o‘quv dasturlarini taklif qilgan.

Ularning tizimi avtomobil harakatini to‘xtatmasdan kamera va datchiklar orqali avtomatik to‘lov tizimini yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, bu tirbandlikni kamaytirish va vaqtni tejash imkonini beradi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?