date
views 276

Xitoyning Lushang Group O‘zbekistonga milliardlik loyihalar bilan kelmoqda

Xitoyning Lushang Group O‘zbekistonga milliardlik loyihalar bilan kelmoqda
2025 yil 3 iyun kuni Toshkent shahrida muhim biznes uchrashuvlardan biri bo‘lib o‘tdi. Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Ilzat Qosimov Xitoyning yirik davlat korporatsiyasi — Lushang Group delegatsiyasini qabul qildi.

Uchrashuv davomida tomonlar qator istiqbolli va strategik ahamiyatga ega loyihalarni muhokama qildi. Xususan, zamonaviy logistika markazlarini qurish, dori-darmon mahsulotlarini mahalliy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, yangi avlod ta’lim muassasalarini tashkil etish takliflari o‘rtaga tashlandi.

Lushang Group — 1992 yili Xitoyning Shandun provinsiyasida tashkil etilgan, davlatga tegishli, ko‘p tarmoqli korporatsiya hisoblanadi. Bugungi kunda kompaniya savdo, tibbiyot, moliyaviy xizmatlar, logistika, ta’lim va investitsiya yo‘nalishlarida faoliyat yuritib kelmoqda. Uning umumiy aktivlari hozirda 185 million AQSH dollarini tashkil etadi.

Muloqot chog‘ida ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, istiqbolli tashabbuslarni aniq rejalar asosida amalga oshirish va kelgusi ishlar uchun ishchi guruhlar tashkil etish masalalari yuzasidan kelishuvga erishildi.

Uchrashuv yakunida har ikki tomon ham o‘zaro muloqot va tajriba almashishni yanada kengaytirish zarurligini ta’kidlab, muhokama qilingan yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy qadamlar belgilab olindi. Bu hamkorlik nafaqat iqtisodiy rivojlanishga, balki ish o‘rinlari yaratilishi, mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish va ta’lim sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda.

O‘zbekistonning strategik hamkorlaridan biri sifatida Xitoy bilan bunday darajadagi hamkorlik, albatta, mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Xitoyning Lushang Group O‘zbekistonga milliardlik loyihalar bilan kelmoqda