
2024 yilda Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasi O'zbekistonga tabiiy gaz eksport hajmini 4,4 baravarga oshirib, 5,64 milliard kub metrgacha yetkazdi. Bu haqda kompaniyaning yillik hisobotida ma'lum qilindi, deb Kursiv Uzbekistan xabar berdi.
2023 yilda bu ko'rsatkich 1,28 milliard kub metrni tashkil etgan edi. Ya'ni, bir yil ichida eksport hajmi 4,36 milliard kub metrgacha yoki 340,6 foizga oshgan.
Gaz yetkazib berish 2023 yil oktyabrda boshlangan bo'lib, «O'rta Osiyo – Markaz» magistral gaz quvurlari tizimi orqali revers rejimda amalga oshirilgan. Qishki mavsumda yetkazib berish texnik jihatdan eng yuqori darajada amalga oshirilgan.
«Gazprom» hisobotida O'zbekiston, Qozog'iston va Xitoy 2024 yilda gaz yetkazib berish hajmining eng katta o'sishini ko'rsatgan uchta davlat sifatida qayd etilgan.
Kompaniya, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari bilan gaz sohasidagi hamkorlikni kengaytirish mintaqaning uzoq muddatli barqaror iqtisodiy o'sishiga hissa qo'shishini ta'kidlagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar