Magnum O‘zbekistondagi biznesini to‘xtatdi — savdo do‘konlari yopilmoqda

2 daqiqa o'qish7.6K
Magnum O‘zbekistondagi biznesini to‘xtatdi — savdo do‘konlari yopilmoqda
Qozogʻistonning yirik chakana savdo brendi — Magnum Cash & Carry Oʻzbekiston bozorini rasmiy tark etmoqda. Bir paytlar katta umid va investitsiyalar bilan kirib kelgan ushbu brend hozirda oʻzining soʻngi mahsulotlarini sotish bilan band va doʻkonlari navbatma-navbat yopilmoqda. Bu haqda Forbes Kazakhstan nashri aniq manbalarga tayanib xabar tarqatdi.

Bir paytlar katta rejalar, endi esa chiqish...
Magnum 2021 yil dekabr oyida Oʻzbekistonda ilk doʻkonini ochgan edi. Kompaniya rahbarlari oʻshanda mazkur bozorga chiqish uchun deyarli ikki yil tayyorgarlik ishlari olib borilganini taʼkidlagan edilar. Dastlabki bosqichda 20 million dollarlik investitsiya kiritilishi eʼlon qilingan va katta ambitsiyalar bildirilgan edi.

Magnumning Toshkent shahrida jami 6 ta savdo nuqtasi faoliyat yuritgan — ulardan 5 tasi supermarket, 1 tasi esa gipermarket formatda ishlagan. Lekin bugungi kunda ularning baʼzilari allaqachon yopilgan, qolganlarida esa faqat soʻngi tovarlar sotuvga qoʻyilgan.

Carrefour’ni sotib olib, hech nimaga erisholmadi
2023 yilning avgust oyida Magnum Qozogʻistondagi asosiy raqobatchilaridan biri — Carrefour’ning Oʻzbekistondagi barcha filiallarini Majid Al Futtaim Uzbekistan kompaniyasidan rasmiy sotib olgan edi. Bu esa bozordagi pozitsiyani yanada mustahkamlashga qaratilgan jiddiy qadam sifatida baholangan.

Oradan koʻp oʻtmay, 2024 yilda yangi 10 ta savdo nuqtasi ochilishi va jami doʻkonlar soni 17 taga yetishi kutilgan edi. Ammo bu rejalar 2024 yil boshidan ortga surildi va amalga oshirilmadi.

Yopilishlar tezlashdi: Qortosh, Yunusobod, Atlas...
2024 yil fevralda Magnum Qortosh filiali oʻz eshiklarini yopdi. 2025 yil may oyiga kelib esa, Magnum Yunusobod va Magnum Atlas Chilonzor filiallari ham "boshqa manzilga koʻchirilgan" deb eʼlon qilindi. Biroq amalda ularning faoliyati toʻxtadi.

Koʻpchilik xaridorlar bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda oʻz munosabatlarini bildira boshlashdi. Ular orasida:
— “Magnum nega kutilmaganda ketyapti?”
— “Bu bozordagi raqobatning natijasimi?”
— “Carrefour bilan birlashuv natija bermadimi?” kabi savollar yangramoqda.

Sabablar rasmiy ochiqlanmadi
Ayni paytda kompaniya tomonidan rasmiy bayonot berilmagan. Baʼzi tahlilchilar fikricha, bu qarorga Oʻzbekistondagi bozor muhitining oʻzgarishi, iqtisodiy muammolar yoki inflyatsiya va savdo sohasidagi yuqori raqobat sabab boʻlgan boʻlishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, Magnum Qozogʻistonda eng yirik chakana savdo tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Uning bozordagi ulushi yuqori, xizmat koʻrsatish madaniyati va narx siyosatlari bilan koʻpchilik isteʼmolchilar eʼtiborini tortgan. Oʻzbekistonda esa bu format toʻliq ish bermadi, shekilli.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?