date

Buxoroda 4,2 balllik zilzila: yaqin hududlarda ham sezildi

Buxoroda 4,2 balllik zilzila: yaqin hududlarda ham sezildi
Bugun Buxoro viloyatida yer qimirladi. Respublika seysmologiya xizmati ma’lumotiga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan 04:07 da Jondor tumanida 4,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.

Zilzila epitsentri 10 km chuqurlikda joylashgan bo‘lib, uning ta’siri faqat Jondorda emas, yaqin atrofdagi hududlarda ham his etildi.

- Peshku tumanida — 2-3 ball atrofidagi kuch bilan, 39 km masofada;
- Gazli shahrida — 2 ball, 51 km uzoqlikda;
- Qorako‘l tumanida — 2 ball, 73 km masofada.

Mutasaddilar zilzila oqibatida hech qanday zarar yoki talafot qayd etilmaganini ma’lum qilmoqda. Ayni paytda seysmologlar yer osti harakatlarini tahlil qilib, bunday voqealarning takrorlanish ehtimolini baholamoqda.

Siz nima deb o‘ylaysiz: mamlakatimizda zilzilaga tayyorlik darajasi yetarlimi?
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Buxoroda 4,2 balllik zilzila: yaqin hududlarda ham sezildi