date

Abituriyentlar bugun oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashi kerak

Abituriyentlar bugun oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashi kerak

Abituriyentlar 8 avgustga qadar oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashi lozim. Buning uchun my.uzbmb.uz platformasining «Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul» bo‘limiga kirib, «Xizmatdan foydalanish» tugmasi bosiladi va «OTM tanlash» bo‘limiga o‘tiladi.

Dastlab abituriyent «Tanlov ustuvorligi» va «Maqsadli qabul» bo‘yicha o‘z tanlovini amalga oshiradi.

Shundan so‘ng abituriyent test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos bo‘lgan beshtagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini ta’lim shakli bilan birga tanlaydi.

Ta’lim yo‘nalishlarini tanlab, «Saqlash» tugmasi bosilgandan so‘ng ma’lumotlarni tasdiqlash uchun abituriyentning telefon raqamiga SMS xabar yuboriladi. SMS xabardagi kodni dasturga kiritish orqali ma’lumotlar tasdiqlanadi.

Ma’lumotlar tasdiqlanganidan so‘ng, «Abituriyent qayd varaqasi» shakllanadi. Qayd varaqada abituriyent tanlagan tanlov ustuvorligi, ta’lim shakllari, oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlari aks etgan bo‘ladi. Yuklab olish tugmasi orqali abituriyent qayd varaqasini yuklab olishi mumkin.

Abituriyentlar ta’lim yo‘nalishlarini tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari va qayd varaqasini qayta yuklab olishlari mumkin.

Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.

O‘tgan yilgi o‘tish ballari asosida qaysi OTMga kirish mumkinligini aniqlovchi botlar:

@mandat_javobbot;
@e_uzbmb_mandatbot;
@bmb_natijabot.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Abituriyentlar bugun oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashi kerak