Samolyot qulashi ssenariysida qutqaruvchilar amaliy mashq qildi

1 daqiqa o'qish262
Samolyot qulashi ssenariysida qutqaruvchilar amaliy mashq qildi

Toshkent viloyatida havo transporti bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha yirik amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Unda Favqulodda vaziyatlar, Mudofaa, Ichki ishlar, Milliy gvardiya, Sog‘liqni saqlash vazirliklari va “O‘zbekiston aeroportlari” kompaniyasi kabi qator idoralar ishtirok etdi.

O‘rtachirchiq tumanida Mudofaa vazirligi desantchilar tayyorgarlik markazida tashkil etilgan mashg‘ulotlar aviatrassadagi yirik halokat ssenariysi asosida o‘tdi. Afsonaga ko‘ra, yo‘lovchi samolyoti qo‘nishga yaqinlashganda boshqaruv markazi bilan aloqa uzilib qolgan.

Aloqa uzilishi, kuchli yong‘in va qutqaruv operatsiyasi

Ssenariy bo‘yicha havo laynerining qulashi natijasida aeroport tashqarisida yong‘in kelib chiqqan, qurbonlar va turli darajada jarohat olganlar bor. Dispetcherlar holat haqidagi ma’lumotni aeroport avariya-qutqaruv xizmatiga uzatadi, ular esa boshqa tegishli idoralarni ogohlantiradi. Shundan so‘ng qutqaruv operatsiyasi boshlanadi.

Ushbu mashqlarda jami 250 nafarga yaqin mutaxassis va 20 ta maxsus texnika ishtirok etdi. Qutqaruvchilar va harbiylar yong‘inni o‘chirish, odamlarni xavfli hududdan chiqarish, jabrlanganlarni ahvoliga qarab saralash, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va shifoxonalarga yetkazish, shuningdek, bortidagi xavfli yuklarni tushirishda muvofiq harakat qilish ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar.

Haqiqiy holatga tayyorgarlik

“O‘zbekiston aeroportlari” ma’lumotiga ko‘ra, bunday mashg‘ulotlar yiliga bir necha marta faqat aeroport ichida emas, balki uning tashqarisida ham o‘tkaziladi. Bu — real favqulodda vaziyatlarda idoralar o‘rtasidagi hamkorlik mexanizmlarini sinash va takomillashtirish, hamda xodimlarning tezkor va to‘g‘ri qaror qabul qilish malakasini oshirishga xizmat qiladi.

Mashqlar yakunida har bir bosqich tahlil qilinib, hamkorlikni yanada samarali qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Mutaxassislarning xulosasiga ko‘ra, “Toshkent” aeroporti va tegishli bo‘linmalar haqiqiy ofat sodir bo‘lgan taqdirda ham to‘liq tayyor holda harakat qila oladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?