12 avgust sanasida mamlakatimiz bo‘ylab ob-havo sharoiti keskin o‘zgarishlarga boy bo‘lishi kutilmoqda. O‘zgidromet tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, ayrim hududlarda shamol shiddat bilan esib, chang-to‘zonlar ko‘tarilishi mumkin. Shu bilan birga, yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli deyarli yo‘q, havo asosan quruq va issiq bo‘ladi.
Toshkent shahrida kunning birinchi yarmida osmon biroz bulutli ko‘rinishda bo‘lib, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esishi kutilmoqda, ammo ayrim paytlarda u 10–12 m/s gacha kuchayishi va havoda chang ko‘tarilishi mumkin. Tungi harorat 22–24 daraja atrofida bo‘lsa, kunduzi issiqlik 38–40 darajagacha ko‘tariladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida osmon biroz bulutli yoki o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmaydi. Shamolning o‘rtacha tezligi 7–12 m/s bo‘lib, ayrim joylarda 13–18 m/s gacha yetishi va chang-to‘zonlar yuz berishi mumkin. Tunda 18–23 daraja, kunduzi esa 32–37 daraja issiq bo‘lishi prognoz qilingan.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham ob-havo asosan quruq va biroz bulutli bo‘ladi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 21–26 daraja, kunduzi esa 34–39 daraja atrofida bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli va yomg‘irsiz o‘tadi. Shamolning tezligi 7–12 m/s bo‘lib, ayrim joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi, chang ko‘tarilishi ehtimoli bor. Harorat tunduz 19–24 daraja, kunduzi esa 35–40 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham osmon ochiq, havo quruq bo‘lishi kutilmoqda. Shamol 7–12 m/s tezlikda, ayrim paytlarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 21–26 daraja, kunduzi esa 37–42 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida osmon biroz bulutli bo‘ladi. Shamol sharqdan 5–10 m/s tezlikda esadi. Harorat tunduz 19–24 daraja, kunduzi 34–39 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida ob-havo biroz bulutli va o‘zgaruvchan ko‘rinishda bo‘lib, yomg‘ir yog‘ishi kutilmaydi. Shamol 7–12 m/s tezlikda esishi, ayrim joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14–19 daraja, kunduzi esa 28–33 daraja bo‘ladi.
Sinoptiklar ayrim hududlarda shamolning kuchayishi va chang-to‘zonlar kuzatilishi ehtimoli yuqori ekanini ta’kidlab, aholini ehtiyotkor bo‘lishga chaqiradi. Mutaxassislar havo yuqori darajada issiq bo‘ladigani uchun ko‘proq suyuqlik iste’mol qilish, quyoshning to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’siridan saqlanish va ochiq havoda uzoq qolmaslikni tavsiya qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!